AQŞ va ittifoqçilar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi tahdidi tufayli Şarqiy Yevropa mamlakatlariga qöşimça harbiy kontingent jönatiş masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda CNN vaziyatdan xabardor bölgan manbalariga asoslanib xabar tarqatdi.

Taxminlarga köra, harbiylar Bolgariya, Ruminiya va Vengriyaga jönatiladi — bu davlatlarning har biriga mingtadan.

23 yanvar kuni The New York Times gazetasi, AQŞ mudofaa vazirligi prezident Jo Baydenga Şarqiy Yevropa hududiga beş minggaça harbiy jönatiş, zarurat tuğilgan holatda bu miqdorni ön barobarga oşiriş böyiça taklif bergani haqida xabar tarqatgandi.

Pentagon rasmiy vakili Jon Kirbi keyinroq AQŞ 8,5 ming harbiy xizmatçini jangovar şay holatga keltirgani haqida ma’lum qilgandi. Aynan ular yaqin vaqt içida Yevropaga yöl olişi mumkin.

  • NATO mamlakatlari rossiyalik harbiylar Ukraina çegaralari tomon surilayotgani tufayli Şarqiy Yevropaga qöşimça kuçlar joylaştiriş imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Bundan taşqari, Rossiya Belarusda qöşma maşğulotlar ötkazmoqda. Rossiya hukumati Ukrainaga hujum qilişga tayyorlanmayotganini aytib, harbiylarini öz hududida erkin harakatlantiriş huquqiga egaligini iddao qilmoqda.
  • «Yedinaya Rossiya» partiyasi fraksiyasi yetakçisi 26 yanvar kuni mamlakat rahbariyatiga murojaat qilib, tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalariga qurol yetkazib berişni söradi. Partiyadagilar Ukraina DXR va LXRga hujum qilişga tayyorlanmoqda deb hisoblamoqda.