Kuçli şamol kuzatilayotgani sababli Qaşqadaryo viloyatida elektr energiyasi tarmoqlari uzib qöyilmoqda. Bu haqda Egnergetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, kuçli şamol kuzatilayotganligi sababli Qaşqadaryo viloyati tuman va şaharlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uziliş kuzatilmoqda.

Şu sababli, xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida elektr tarmoqlari vaqtinçalik tarmoqdan ajratilgan.

«Hududda kuçli şamol esişi pasayganidan söng, elektr energiyasi qayta tarmoqqa ulanadi. Keltirilgan noqulayliklar uçun iste’molçilardan uzr söraymiz», deyiladi xabarda.

Kun.uz muxbirining ma’lum qilişiça, ayni paytda Qaşqadaryo viloyatining bir qança hududlarida, jumladan, Qarşi şahrida kuçli şamol esmoqda.