Samarqand şahri Amir Kulol köçasidagi xonadonlardan birida yonğin sodir bölgan va 90 metr kvadrat joyda uyning şifti va tomi yonib ketgan. Bu haqda viloyat FVB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça. Bugun, 27 yanvar kuni soat 17:42 da viloyat FVBga Samarqand şahri Amir Kulol köçasi 14 uyda yonğin sodir bölayotganligi töğrisida xabar kelib tuşgan.

Şunga köra, soat 17:49 da voqea joyiga 3 ta yonğin-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yonğin soat 17:55 da qurşab olingan va 18:16 da bartaraf etilgan.

Yonğin oqibatida xonadonning taxminan 90 metr kvadrat maydonidagi şift va tom qismi yonib zararlangan.

Qayd etilişiça, hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan va halok bölmagan. Hozirda yonğinning kelib çiqiş sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.