* Zaxiradagi polkovnik, Rossiya Federatsiyasining amaldagi 1-darajali davlat maslahatçisi, iqtisod fanlari nomzodi, sambo böyiça sport ustasi, dzyudo böyiça Leningrad çempioni, sambo böyiça xizmat körsatgan murabbiy, “Lenfilm” kinostudiyasining qator kinolarida kaskadyorlik qilgan.
Bularning bari – Vladimir Putinning prezidentlikka kelgunga qadar erişgan yutuqlari.
Bolalik
Putin haqiqiy kambağal oiladan çiqqan. Uning avlodlari uç asrki dehqonçilik qilişgan. Faqat bobosi Spiridon Ivanoviç Putinga kelib bu an’ana qisman buziladi, tverlik yigitça oşpazlikni örganadi, Piterga borib nufuzli restoranlarda işlaydi. Birinçi jahon uruşida qatnaşib kelganidan keyin oçarçilikdan qörqib, oilasini qişloqqa olib ketadi.

Oşpaz Spiridon keyinçalik Moskvaga boradi, Leninning ma’şuqasi deb körilgan Nadejda Krupskaya, SSSR kommunistik partiyasi birinçi kotibi Nikita Xruşçev kabi şaxslarga oşpazlik qiladi. Birinçi şaxslar daçalarida 80 yoşgaça işlab, şundan keyingina pensiyaga çiqadi.
Spiridon Putinning öğli, Rossiya prezidentining otasi Vladimir Putin 1911 yilda Tverdagi Pominovo qişloğida tuğiladi. U ikkinçi jahon uruşida asosan Leningrad frontida jang qilgan, qator orden va medallar sohibi bölgan.
Uruşdan oldin uylangan Vladimir ikki öğil köradi. Ammo ularning umri uzoq bölmagan – Albert uruşga qadar nobud bölgan bölsa, Viktor ikki yaşarligida, 1942 yilda blokada davrida kasallikdan vafot etadi.
Putinlar oilasi beş qavatli kommunal uyning beşinçi qavatidagi bir xonada yaşaşgan. 1952 yilda tuğilgan Vladimir Vladimiroviç Putinning özi ham KGBga işga kirgunga qadar şu xonada istiqomat qilgan.
KGB sari yöl
Oldin 8 yillik, keyin örta maktabni örta baholar va haminqadar xulq bilan tugatgan Vladimir bolalikdagi orzusi – razvedka xodimi böliş istagida KGB (Davlat xavfsizlik qömitasi)ga murojaat qiladi. Unga dastlab ijtimoiy yönalişda tahsil olişni maslahat berişadi va Putin 1970-1975 yillarda Leningrad universiteti yuridik fakultetida öqiydi.


















