Prezident Şavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni yoşlar, sport, soğliqni saqlaş, elektr energiyasi sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanişdi.

Taqdimotda elektr energiyasi quvvatlarini kengaytiriş çora-tadbirlari ham muhokama qilindi.

Şu yil 25 yanvar kuni Markaziy Osiyo mintaqasi elektr ta’minotida texnik uziliş sodir bölgan, bu barça elektr stansiyalarga ta’sir qilib, favqulodda vaziyat yuzaga kelgandi.

«Bunga bir qança sabablar bor. Jumladan, yagona energetika tizimi 220-500 kilovoltli magistral elektr tarmoqlar orqali töliq halqalaştirilmagan. Şimoli-Ğarbiy va Janubi-Ğarbiy energouzelning asosiy qismida 500 kilovoltli tarmoqlar yöq. Ba’zi magistral tarmoqlar qöşni davlatlar hududi orqali ötgan.

Şu bois, mamlakatimizda 500-750 kilovoltli tarmoqlarni quriş orqali yagona halqa tizimini hosil qiliş rejalaştirilmoqda. Xususan, 2026 yilga borib, jami generatsiya quvvatlarini 27 ming 400 megavattga, yillik işlab çiqariş hajmini 110 milliard kilovatt soatga yetkaziş möljallangan. Şunda yurtimizning barça hududlari 500-750 kilovoltli tarmoqlar orqali mustahkam boğlanadi va bir butun tizim yaratiladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezident elektr energiyasi tizimini isloh qiliş, qöşni davlatlar bilan sohadagi hamkorlikni davom ettiriş va rivojlantiriş zarurligini ta’kidlagan. Elektr energiyasi quvvatlarini oşiriş hamda uni yetkazib berişni avtomatlaştiriş böyiça qaror loyihasini tayyorlaşga körsatma berilgan.

«Bundan asosiy maqsad elektr energiyasi tizimini barqaror qilib, xavfsizligini mustahkamlaş, xalqimizni bu muhim manba bilan uzluksiz ta’minlaşdir», deyiladi xabarda.