Şuningdek, 2022 yil 1 apreldan boşlab, qişloq joylarda antenna-maçta metall konstruksiyalari, ularga örnatilgan va ularning ajralmas qismi bölgan konstruksiyalar hamda ular egallagan yer uçastkalari yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan va yuridik şaxslardan olinadigan yer soliğidan ozod etiladi.

Bu – “Xizmatlar sohasini rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” prezident qarorida belgilangan.

Qarorga asosan, quyidagilar 2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etiladi:

  • ovoz, tasvir yoki boşqa ma’lumotlarni uzatiş yoki qabul qiliş apparaturasi, şu jumladan, simli yoki simsiz aloqa tarmoqlarida kommunikatsiya uçun apparatura;
  • ma’lumotlarni saqlovçi qurilmalar: optik taşuvçilar, yarim ötkazgiçli taşuvçilar;
  • proyektorlar, karnaylar, quloqçinlar;
  • telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari tomonidan telekommunikatsiya infratuzilmasini joriy etiş loyihalari doirasida Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilmaydigan, belgilangan tartibda şakllantirilgan röyxat böyiça olib kiriladigan texnologik uskunalar, materiallar, dasturiy ta’minot va ehtiyot qismlar.

Mol-mulk soliğini hisoblaşda yer uçastkalarida örnatilgan antenna-maçta metall konstruksiyalari hamda ularga örnatilgan va ularning ajralmas qismi bölgan konstruksiyalar (tortqilar, atrofni örovçi devorlar, yuk kötariş moslamalari, çaqmoqdan himoya qiliş tizimlari, yerga ulaş qurilmalari, signal-yoritiş tizimlari, qöriqlaş signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimlari) köçmas mulk sifatida qaraladi.

2022 yil 1 apreldan boşlab:

— radioçastota spektridan foydalanuvçilarga radioçastota organlarining tegişli ruxsatnomalariga asosan radioçastota spektridan birgalikda foydalaniş huquqi beriladi;

— Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasiga uning rezidentlari tomonidan har oy ötkaziladigan ajratmalar miqdori, ular tomonidan eksport qilingan axborot texnologiyalari xizmatlarining bir yillik hajmi 10 million AQŞ dollaridan oşganda 25 foizga, 20 million AQŞ dollaridan oşganda 50 foizga pasaytiriladi.