“Taraqqiyot strategiyasi”ning Milliy iqtisodiyotni rivojlantiriş bölimida kelgusi 5 yilda aholi jon boşiga yalpi içki mahsulotni – 1,6 barobar (1750 dollardan 2800 dollarga) va 2030 yilga borib aholi jon boşiga töğri keladigan daromadni 4 ming AQŞ dollaridan oşiriş hamda “daromadi örtaçadan yuqori bölgan davlatlar” qatoriga kiriş uçun zamin yaratiş maqsad qilingan.

Mazkur maqsadga erişiş uçun, 2022 yilga quyidagilar reja qilingan.

Yalpi içki mahsulot

Xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda kelgusi 5 yil uçun bir neçta ssenariyli makroiqtisodiy prognoz (makromodel) işlab çiqiladi. Bunda:

  • yalpi içki mahsulotni 100 mlrd AQŞ dollariga yetkaziş va aholi daromadlarining yuqori ösiş sur’atlarini ta’minlaş;
  • tarkibiy islohotlarni amalga oşirişda iqtisodiyotga ta’sirini baholaş;
  • iqtisodiy ösiş uçun zarur bölgan energiya manbalari bilan ta’minlaş;
  • taşqi bozorlardagi özgarişlarni prognozlaştiriş va iqtisodiy ösişga taşqi omillar ta’sirini yumşatiş;
  • hududlar va tarmoqlarning iqtisodiy ösişdagi hissasini aniqlaş orqali “ösiş nuqtalari”ni belgilaş va boşqalar.

Boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov zimmasiga 2022 yil avgust oyigaça asosiy makroiqtisodiy yönalişlar böyiça aniq çoralar işlab çiqiş vazifasi yuklatilgan.

2023-2025 yillar uçun asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlar prognozi işlab çiqiladi, bunda:

  • iqtisodiy ösiş darajasining örtaça 6,5 foizdan yuqori bölişi;
  • inflatsiyaning 2024 yildan 5 foiz target körsatkiçi darajasida uşlab turiş;
  • pul-kredit, budjet-soliq siyosatlari va tarkibiy islohotlarni özaro muvofiqlaştiriş közda tutilgan.

Inflatsiya

Inflatsiyaning monetar omillarini pasaytiriş hisobiga doimiy inflyatsion maqsadga (target) erişiş böyiça çoralar köriş közda tutilgan. Bunda:

  • qat’iy pul-kredit şaroitlarini saqlab qoliş, şu jumladan, iqtisodiyotga kredit qöyilmalari ösiş sur’atini (16-18 foiz) yalpi içki mahsulot nominal hajmi ösiş sur’atlari bilan mutanosib bölişini ta’minlaş;
  • pul-bozoridagi operatsiyalar böyiça 2-3 foizlik real ijobiy foiz stavkalari şakllanişini ta’minlaş;