Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi xabariga köra, muzokara davomida ikki tomonlama hamkorlik va qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Infratuzilmaviy rivojlaniş, energetika, uy-joy kommunal xöjaligi, soğliqni saqlaş va qişloq xöjaligi sohalarida OTB bilan birgalikda amalga oşirilayotgan umumiy qiymati 5 milliard dollarlik 29 loyihaning hozirgi holati körib çiqildi. 

OTBning 2022-2024 yillarga möljallangan mamlakatlar bilan operatsiyalarning biznes-rejasi doirasida Özbekistonda umumiy qiymati 2,8 milliard dollarga teng bölgan 27 loyiha amalga oşirilişi rejalaştirilgan bölib, şundan 524 million dollarlik 3 loyiha 2022 yilda hayotga joriy etiladi. 

Tomonlar ma’qullangan taşabbuslarni amalga oşirişni jadallaştiriş va körib çiqilayotgan loyihalarni kelişiş böyiça yaqindan hamkorlik qiliş töğrisida kelişib oldi.