Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan Hisor davlat qöriqxonasidagi fotoqopqon Sibir toğ eçkilari va kakliklarni tasvirga olgan. Bu haqda Davlat ekologiya qömitasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Sibir toğ eçkisi Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bölib, u asosan çiqiş qiyin bölgan baland toğlarda yaşaydi. Ular örtaça 15-17 yil yaşaydi. Yilda 1-2 marta bolalaydi. Vazni 35 dan 150 kilogrammgaça yetadi.

«Hisor davlat qöriqxonasining Tanxozdaryo bölimi davlat nazoratçisi Berdaliyev Jamşid tomonidan qöyilgan fotoqopqon kamera obektiga Sibir toğ eçkisi (kiyik) va kaklik muhrlandi», deyiladi xabarda.

Avvalroq Hisor davlat qöriqxonasida fotoqopqon ikki boş qor qoplonini ham tasvirga tuşirgandi.