19 iyun kuni Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz şahrida, BMT Taraqqiyot dasturi Yevropa va MDH böyiça Mintaqaviy byurosi direktorining örinbosari Marina Uolter xonim iştirokida Hisor davlat toğ-arça qöriqxonasining interaktiv taşrif markazi oçilişi ötkazildi.

Özbekistonga birinçi bor rasmiy taşrif bilan kelgan Marina Uolter oçiliş marosimidagi özining tabrik sözida şunday dedi:

“Bilim va axborot almaşinuvi böyiça yangi platformalar, innovatsion eksponatlar, naşrlar va mahalliy hamjamiyatlar, ayniqsa bolalar bilan bahs-munozaralar orqali, taşrif markazi kislorod, toza suv va havoning muhim manbasi bölmiş Hisor mintaqasi ekotizimlarining ahamiyatini, şuningdek çanglatiş jarayonlari, haşarotlar populyatsiyasini nazorat qiliş, oqova suvlarni qayta işlaş va boşqa muhim tabiiy jarayonlarning muhimligini yanada töliqroq tuşunişni şakllantira oladi, deb umid qilaman”.

Foto: BMT TDning Özbekistondagi vakolatxonasi
Foto: BMT TDning Özbekistondagi vakolatxonasi

Yangi taşrif markazi BMT TD va Ekoqömning umumiy maqsadi – bioxilma-xillik va tabiiy resurslarni asraş va ularga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bölişning muhimligi borasidagi ekologik xabardorlikni oşirişga xizmat qiladi.

Taşrif markazining boş körgazma maydonçasida qöriqxonaning asosiy yovvoyi hayvonlari va faoliyat yönalişlari, yovvoyi tabiat duç kelayotgan tahdidlar haqida sözlovçi stendlar qöyilgan; inspektorlar faoliyati, jumladan ilmiy xodimlar ötkazadigan muhim joriy tadqiqot işlari va boşqa köplab ma’lumotlar taqdim etilgan.

Foto: BMT TDning Özbekistondagi vakolatxonasi

Tadbirning ikkinçi qismi tabiiy resurslarni muhofaza qiliş va ulardan oqilona foydalaniş hamda bioxilma-xillikni asraşdagi zamonaviy yondaşuvlar, jumladan IT-texnologiyalardan foydalaniş mavzusiga bağişlandi.

Zamonaviy dunyoda qöllaniladigan samarali uslublardan biri uçuvçisiz parvoz apparatlaridan foydalaniş sanaladi, ular turli xildagi, jumladan topografik va aerofotos’yomka ötkaziş orqali ma’lumotlar töplaş va tahlil qiliş imkonini beradi. Bu olingan ma’lumotlarning aniqligini oşiradi, ularni muayyan joyga boğlaydi, kelgusi monitoring uçun ma’lumotlar dolzarb bazasini yaratiş imkonini beradi.