«Hisor» davlat qöriqxonasi ma’muriyati qöriqxonaga örnatilgan videoqopqonlarga muhrlangan noyob qor qoplonlari tasvirlangan kadrlarni e’lon qildi. Qor qoplonlari joriy yil mart oyida olingan tasvirlarda köringan.
Qor qoploni noyob tur hisoblanadi. Uning tana uzunligi örtaça 130 santimetr, dumi 90 santimetr oğirligi 75 kilogrammgaça böladi.
Qor qoplonlarining köriş, eşitiş va hidni his qiliş organlari yaxşi rivojlangan. Ular har ikki yilda bir marta bolalaydi va 21 yoşgaça umr körişlari mumkin. Ov qiliş uçun öljasiga toşlar orasidan yaqinlaşib, 6 metr va undan ham uzoqroqqa sakray oladi.
Qor qoplonlari Özbekistondan taşqari Tojikiston, Qirğiziston, Qozoğiston, Ğarbiy Sibir, Janubiy Möğuliston, Xitoy, Afğoniston, Pokiston, Hindiston, Nepal va Butan kabi sanoqli davlatlarda uçraydi.
Qor qoploni jahon Qizil kitobiga va Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Uning surati 2009 yilda Özbekiston Qizil kitobi muqovasida ham aks etgan.

















