«Hisor» davlat qöriqxonasi ma’muriyatining xabar berişiça, qöriqxona qöriqlaş xodimlari tomonidan örnatilgan fotoqopqonga noyob jonivorlardan biri, qizil suğurlar muhrlangan.

Qizil suğur (Marmota caudata, Krasnyy surok) Tabiatni muhofaza qiliş xalqaro ittifoqining (TMXI) Qizil röyxatiga eng kamyob tur sifatida kiritilgan.

Bu jonivorlar, odatda, öt-ölanlar, köpinça boşoqli ösimliklar, ba’zan çuvalçang, mollyuska, haşarotlar bilan oziqlanadi. Qişda uyquga kirib, bahorda uyasidan çiqadi. Dengiz sathidan 1600 dan 3500-4000 metrgaça balandlikda bölgan har xil turdagi relefli toğ yonbağirlarida hamda toşqoyalarning etaklarida yaşaydi.

Qizil suğur «Hisor» davlat qöriqxonasining barça, Ğilon, Miraki, Tanxozdaryo, Qizilsuv bölimlarida uçraydi.

Sönggi kuzatuvlarga köra, bu jonivorlar qöriqxona hududida 4240 – 4320 boşni taşkil qilişi taxmin qilinadi.

Qizil suğur Tyan-Şan, Pomir, Hindukuş, Kaşmir toğlarining alp ekotizimlarida, Özbekistonning esa ikkita hududida, Ugom, Pskom-Çotqol va Hisor toğ tizmalarida uçraşi qayd qilingan.

Avvalroq, «Hisor» davlat qöriqxonasiga örnatilgan fotoqopqon yana noyob qor qoplonini kamera obektiviga muhrlagandi.