«Bu yil PFL badal pullaridan 6 mlrd 300 mln, legionerlar uçun to‘lovdan 2 mlrd 520 mln, tartib-intizom jarimalaridan 494 mln 500 ming, homiylardan 9 mlrd 280 mln – jami 15 mlrd 725 mln so‘m pul topdi. Hakamlar, komissarlar, inspektorlar, işçi-xodimlar, to‘plar, VAR, musobaqalar ötkaziş, taqdirlaş marosimlari,auditor tekşiruvi, COVID tekşiruvi, futbolçilarni suğurtalaş va statistika kabi xarajatlar esa jami 16 mlrd 618 mlnni taşkil etdi.

Yil avvalida Superliga uçun badal pulini 500 mln sömdan 350 mlnga tuşirdik. Pro liga va Birinçi liga uçun tölovlarni 50 foizga kamaytirdik. Tarixda birinçi marta ayollar futboli va futzal uçun badal pullaridan voz keçdik. Legionerlar uçun tölovni 40 mln sömga tuşirdik. Agar xorijlik futbolçi Özbekistonda ikkinçi mavsumini ötkazayotgan bölsa, bu qiymat 50 foizga qisqaradi. 5 yildan buyon Özbekistonda öynayotgan legionerlardan esa pul olinmaydi.

Bu yildan tartib-intizom jarimalarini ÖFAga bolalar futbolini rivojlantiriş uçun ötkazib beramiz. Yaqin kelajakda «Studens Cup» (Talabalar Kubogi) taşkil etmoqçimiz. Çet elda universitetlarda futbol böyiça talabalar jamoasi bor va ular hatto kubok bahslarida grand jamoalar bilan töqnaş kelib, yaxşigina pul işlaşadi. Futbolçi bölişni istagan, ammo ota-onasi sabab öqiş yölini tanlagan yoşlar uçun ajoyib imkoniyat yuzaga keladi. 

Eng asosiy yutuqlarimizdan biri – klublarimizni hakamlarning bordi-keldisi va yaşaşi uçun tölovlardan qutqardik. Avval jamoalardan pul olmaydigan taşkilotga aylanib olişimiz kerak, söng, aksinça, ularga pul berişga harakat qilamiz.

OFKning litsenziyalaş talabini 12ta klubimiz bajardi, bu yil şuni 16taga olib çiqmoqçimiz. OFK litsenziyasini olmagan Superliga klublarini Pro Ligaga tuşirib yuboramiz. Yaponiyadan örnak olişimiz kerak: 54ta klubi litsenziya oldi. Bu – ular uçun odatiy hol.

Suğurtalaş masalasiga ham jiddiy ahamiyat berdik. Esingizda bölsa, «Dinamo»  yarimhimoyaçisi Sirojiddin Sayfiyev jiddiy jarohat olib, faoliyatini yakunlagan. Söng öşa jarohat tufayli rak böldi va vafot etdi. Bilasizlarmi, öşa Sayfiyevning suğurtasi bint puliga töğri kelgan. Ya’ni, suğurtalaşga e’tibor berilmagan. Klublar jarohat olgan öyinçisini kasalxonaga taşlab ketavergan. Biz hozir APEX`dan pul olamiz va har bir futbolçimizni suğurtalaymiz. Kompaniya jiddiy jarohat uçun futbolçiga 35 mln söm beradi.