3 yil davom etişi qiziqtirgan
2019 yil Termiz Bank kollejining «Moliya» yönalişini tamomlaganman. Öşa yilning özida Buyuk Britaniyaning London şahrida joylaşgan London Janubiy Bank universitetining «Biznes boşqaruvi» yönalişiga öqişga kirdim va sentabr oyida Londonga keldim.
Oçiği, Buyuk Britaniyada öqişni tanlaşimga juda köp faktorlar sabab bölgan. Eng muhimlaridan biri sifatidan mamlakatning xalqaro darajada e’tirof etiladigan ta’lim tizimini aytişim mumkin. Qolaversa, bakalavrda öqiş 3 yil davom etişi ham bu yerga kelişga undagan.

«Network» qurişga yordam beradi
London bu yerda öqiyotgan talabalar uçun juda köp imkoniyat eşiklarini oçadi. Birinçi navbatda keng dunyoqaraşga ega böliş imkoni bor. Çunki mamlakatda iş va öqiş uçun kelgan turli millat va davlat vakillari bilan muloqot qilasiz. Bu esa öz navbatida kuçli «network» qurişga yordam beradi. Masalan, özimdan kelib çiqib aytadigan bölsam, şu vaqtga qadar Ispaniya, Italiya, Xitoy, Şvetsiya kabi davlatlardan köplab döstlar orttirdim.
Qöşimça qilib aytişim kerakki, Buyuk Britaniya universitetlarida ortiqça fanlar ötilmaydi. Ya’ni bitta semestrda örtaça 3 ta fan ötiladi va darslar haftasiga 3-4 kun böladi. Bu talabalar uçun öziga xos qulaylik deb hisoblayman. Boisi, talaba özining ustida işlaşiga vaqt yaratiladi hamda öqiyotgan fanlari köp bölmagani uçun darslarni çuqur özlaştirişga köproq e’tibor va kuç sarflaydi.
Har yili yigirma million atrofida turistlar keladi
Öylaşimça, Buyuk Britaniyaning juda köp ijobiy tajribalarini Özbekistonda joriy qiliş mumkin. Misol uçun, mamlakatda bank tizimi juda yaxşi rivojlangan. Xususan, onlayn va mobil banklar hozir keng miqyosda faoliyat yuritmoqda. Ular orqali siz xohlagan odamingizga, istalgan vaqtda va miqdorda pulni heç qanday komissiyasiz jönata olasiz. Ya’ni pul ötkazmalari bepul. Turizm sohasi ham kuçli taraqqiy etgan. Masalan, birgina Londonga dunyo böylab har yili yigirma million atrofida turistlar keladi. Aksariyat diqqatga sazovor joylar, jumladan, muzeylar va bir qança turistlar gavjum joylarga kiriş mutlaqo tekin.














