Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki mablağlarini jalb qiliş orqali “Zamonaviy iqtisodiyot uçun könikmalarni rivojlantiriş” loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan loyihaning TIA, şuningdek asosiy qarzni qaytariş, foizlarni tölaşning prognoz jadvali tasdiqlandi. “Zamonaviy iqtisodiyot uçun könikmalarni rivojlantiriş” loyihasining umumiy qiymati 162 mln dollar, şu jumladan:
93 mln dollar - Osiyo taraqqiyot banki oldidagi qarz;
69 mln dollar - loyihani amalga oşirişda Özbekistonning uluşini taşkil etadi, bunda:
- 20,490 mln dollar –Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 14 ta kasb-hunarga öqitiş markazlari va Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligining 6 ta professional ta’lim muassasalarida quriliş-montaj işlarini, jumladan, binolar va asbob-uskunalarni saqlab turiş va ularga texnik xizmat körsatişni moliyalaştirişga;
- 15,603 mln dollar – soliq (QQS va aksiz soliğidan taşqari) va bojxona imtiyozlarini beriş hamda QQSni qoplaşga;
- 4 250 mln dollar – örnatilgan asbob-uskunalar va jihozlarga texnik xizmat körsatiş qiymati, konsalting xizmatlari va mehnat resurslari bilan boğliq xarajatlarga;
- 18,0 mln dollar – loyihaga jalb etilgan öqituvçilar mehnatiga haq tölaş xarajatlariga;
- 5,328 mln dollar – investitsiyalaş davrida moliyaviy xarajatlarni tölaşga;
- 5,328 mln dollar – kutilmagan xarajatlarni tölaşga yönaltiriladi.
Loyihani amalga oşiriş muddati 5 yilni taşkil etadi (2022-2026 yillar).
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qarz mablağlarining maqsadli va samarali sarflanişi hamda loyihaning amalga oşirilişi, şuningdek, loyiha doirasidagi tadbirlarni umumiy muvofiqlaştiriş böyiça mas’ul ijro etuvçi organ hisoblanadi. Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi öz tizimidagi muassasalarda loyihani amalga oşiriş böyiça mas’ul organ hisoblanadi.
Loyihaga kiritilgan obektlarda quriliş-montaj işlarini moliyalaştiriş, jumladan, energiya samaradorligini oşiriş maqsadida isitiş tizimini yangilaş, şuningdek, loyiha doirasidagi binolar va asbob-uskunalardan foydalaniş va ularga texnik xizmat körsatiş bilan boğliq xarajatlar Özbekiston konsolidatsiyalaşgan budjeti hisobidan amalga oşiriladi. Osiyo taraqqiyot bankining qarzini söndiriş, ular böyiça foizlar va majburiyat böyiça boşqa tölovlarni tölaş bilan boğliq xarajatlar respublika budjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.












