Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jirinovskiy kovidga chalinib shifoxonaga yotgan. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda
Keksa yoshli rossiyalik siyosatchi, 30 yildan buyon LDPR partiyasini boshqarib kelayotgan Vladimir Jirinovskiy koronavirusga chalinib shifoxonaga tushgan, OAV uning o‘pkasi jiddiy shikastlanganini yozgan. Partiyadagilar esa buni rad etib, Jirinovskiy o‘zini yaxshi his qilayotganini aytgan.

Foto: Sergey Savostyanov/TASS
LDPR partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy koronavirus infeksiyasiga chalinib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda «Interfaks» vaziyatdan xabardor manbasiga tayanib xabar berdi.
Jirinovskiy Prezident ishlari boshqarmasining Moskvadagi Markaziy klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Agentlik suhbatdoshining ma’lum qilishicha, 75 yoshli siyosatchining o‘pkasi jiddiy shikastlangan.
TASS agentligining «siyosiy doiralar»dagi manbasi u bir necha kun oldin shifoxonaga olib kelingani, uning aholi og‘ir deb baholanayotgani haqida xabar berdi.
Jirinovskiy shifoxonaga yotqizilgani haqida dastlab RIA Novosti xabar tarqatgan, ammo xabarda LDPR yetakchisi qanday dard bilan shifokorlarga murojaat qilganiga aniqlik kiritilmagandi.
Mash telegram kanali Jirinovskiyning o‘pkasi 50 foizdan 75 foizgacha zararlangani, shuningdek unda ikki tomonlama pnevmoniya rivojlangani haqida xabar qilgan.
O‘z navbatida, LDPRning Davlat dumasidagi fraksiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Vasiliy Vlasov Jirinovskiy «hujjatlar bilan ishlayotgani» va «o‘zini normal his qilayotgani»ni aytgan. U boshqa tafsilotlarga, jumladan Jirinovskiy aynan qayerda ekaniga oydinlik kiritmagan.
So‘nggi vaqtlarda Jirinovskiy jamoat joylarida ko‘rinish bermagan. Uning jonli efirlari ham to‘xtab qolgan.
- 2021 yil dekabrida Vladimir Jirinovskiy «Komsomolskaya pravda» radiosiga bergan intervyusida «bir yarim yil ichida sakkiz bor turli vaksinalar [koronavirusga qarshi] qabul qilgani» haqida aytgandi — ham bir komponentli, ham ikki komponentli vaksinalar.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi
Jahon | 21:01
-
AQSh Zangezur yo‘lagini 100 yilga ijaraga olmoqchi
Jahon | 20:57
-
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37
-
Suriyada badaviylar va druzlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
Jahon | 20:21
Mavzuga oid

12:58 / 19.04.2025
Oq uy kovid inson tomonidan yaratilganiga ishonyapti

13:07 / 21.06.2023
Kovid bilan kasallangan bemorlarni davolovchi shifokorlarga ustamalar kamaytirildi

13:56 / 12.05.2023
AQSh xorijliklar uchun kovidga qarshi emlanish talabini bekor qildi

14:31 / 17.02.2023