12 may kuni Qöşma Ştatlar mamlakatga havo yöli orqali kelayotgan xorijlik fuqarolar uçun koronavirusga qarşi majburiy emlaş talabini bekor qildi. "Biz ma’muriyat federal xodimlar, federal işçilar va xalqaro havo yölovçilari uçun majburiy COVID-19 emlaş talabi 11 maydan keyin bekor qilinişini bildiramiz", deyiladi Oq uyning 11 may, payşanba kuni e’lon qilingan bayonotida.
AQŞ hukumati mamlakatga kiruvçi xorijliklardan 2021 yil noyabr oyidan boşlab töliq COVID-19 vaksinatsiyasini tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etişlarini talab qilgan. Şu bilan birga, faqat AQŞ tibbiy regulyatori yoki Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) tomonidan tasdiqlangan vaksinalar bilan emlaş sertifikatlari qabul qilindi.
11 may kuni AQŞda koronavirus pandemiyasi sababli soğliqni saqlaş böyiça favqulodda holat rasman tugatildi. Bu ayrim toifadagi şaxslar uçun bir qator juda muhim oqibatlarga olib keladi.
Favqulodda holat bekor qilinişi bilan AQŞ hukumati muhojirlarni koronavirus pandemiyasi davridagi oğir vaziyatdan kelib çiqib, mamlakatdan tezda çiqarib yuboriş imkoniyatidan mahrum böldi. Markaziy va Janubiy Amerikadan kelgan minglab muhojirlar endi AQŞga köçib ötiş imkoniyatlari yaxşilanganiga umid qilmoqda. AQŞ içki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkas muhojirlarning yolğon umidlarini yöqqa çiqarişga urindi. “Çegara oçilmagan”, dedi u.
AQŞda soğliqni saqlaş sohasida favqulodda holat rejimining bekor qilinişi avtomatik ravişda ijtimoiy nafaqalarning keng miqyosda qisqarişini anglatadi. Bu, ayniqsa, kam ta’minlangan odamlar va muhtoj oilalar farzandlari tomonidan qöllaniladigan Medicaid davlat tibbiy suğurta dasturiga ta’sir qiladi. Kaiser Family Foundation tadqiqot markazi hisob-kitoblariga köra, 24 millionga yaqin odam tibbiy suğurtasidan mahrum bölişi mumkin.













