Xitoy rahbariyati koronavirusga qarşi kuraşda «buyuk va hal qiluvçi ğalaba»ni e’lon qildi. 17 fevral, juma kuni XKP Markaziy Qömitasi Siyosiy byurosi Doimiy qömitasi yiğilişidan söng e’lon qilingan bayonotda aytilişiça, Xitoy noyabr oyidan boşlab nisbatan qisqa vaqt içida pandemiyadan normal hayotga «benuqson ötişni amalga oşirdi». Amaliyot şuni körsatdiki, Markaziy qömita pandemiya bilan boğliq vaziyatni baholaşda töğri qarorlar qabul qilgan va strategik tuzatişlar kiritgan, deyiladi hujjatda. Yiğilişga XXR raisi Si Jinping raislik qildi.

Xitoydagi davlat matbuotiga köra, koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatda 200 milliondan ortiq kasallangan odam tibbiy yordamdan foydalangan, 800 mingga yaqin oğir bemorlar tuzalib ketgan, ayni paytda «Xitoyda COVID-19’dan ölim darajasi dunyodagi eng past körsatkiçdir». «Xitoy insoniyat tarixida möjiza yaratdi», deb e’lon qildi «Sinxua» agentligi. Ta’kidlanişiça, Xitoydagi vaziyat yaxşilangani sayin virus dunyoning boşqa mintaqalarida tarqaliş va mutatsiya qilişda davom etmoqda.

Şu bilan birga, Siyosiy byuro Xitoyning 1,4 milliard aholisini huşyor bölişga çaqirdi. Mahalliy organlar soğliqni saqlaş tizimini mustahkamlaş va «qiyinçilik bilan erişilgan yutuqlar»ga asoslanişlari kerak. Siyosiy byuro, şuningdek, keksa aholini emlaşni tezlaştirişga qaror qildi. 

Xitoyda kovid bilan boğliq vaziyatning aniq va obektiv tahlili yöq. Dekabr oyi boşida Xitoy hukumati kutilmaganda lokdaunlar, majburiy karantinlar va aholini ommaviy testdan ötkaziş bilan koronavirusga nisbatan qat’iy nol bardoşlik siyosatini bekor qildi. Soğliqni saqlaş xodimlarining hisob-kitoblariga köra, öşandan beri bir milliarddan ortiq odam virusni yuqtirgan. 

Ölim haqidagi ma’lumotlar endi e’lon qilinmayapti, krematoriylar esa öliklarning jasadlarini yoqiş jarayoniga bardoş bera olmayapti. Rasmiy taşviqot ham vaziyatning jiddiyligini pasaytiryapti. Rasmiy ma’lumotlarga köra, dekabr oyining boşidan fevral oyining boşigaça şifoxonalarda 83 150 ta ölim qayd etilgan. Ma’lumotlarga köra, şifokorlar ölim sababi sifatida kovidni körsatmaslikka majbur bölmoqda.