Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 72-IDUM ta’lim sifati eng past maktablar qatorida turmaydi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasining uşbu maktabda röy bergan voqeaga bildirgan munosabatida ma’lum qilindi.
“Marhamat tumanidagi 9-maktab (hozirgi 72-IDUM) reytingda respublika böyiça 9622 ta maktab örtasida 5144-örinni, tumandagi 45 ta maktab örtasida 23-örinni egallagan. Ya’ni past natija qayd etmagan”, – deyiladi inspeksiya munosabatida.
Nazorat organi uşbu maktabda öqituvçilar ta’lim sifati uçun ota-onalardan uzr sörattirilgani voqeasini qoraladi.
“Ta’lim inspeksiyasi ta’lim sifatida mavjud muammolar uçun pedagoglarni ayblaş yoki behurmat qilişni qat’iyan qoralaydi. Marhamat tumanidagi ustozlar bilan sodir bölgan holat esa, vakolatli organlar tomonidan batafsil örganib çiqilib, aybdorlarga qat’iy çora köriş maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz”, – ta’kidlangan bayonotda.
Qayd etilişiça, 2021 yilda prezident topşiriğiga asosan ilk marta maktablar reytingi tuzilganida, bundan asosiy maqsad avvalo hokimlar hamda ularning ta’limga böyiça maslahatçilari faoliyatini baholaş bölgan.
“Heç bir huquqiy me’yoriy hujjatda maktablar reytingida past natija körsatgan maktab pedagoglariga çora köriş böyiça normalar mavjud emas. Ya’ni uşbu maktablarni jazolaş emas, balki ta’lim sifatini oşiriş böyiça ularga yordam beriş maqsad qilingan”, deya qayd etmoqda nazorat organi.
Ta’kidlanişiça, maktablar reytingi jazolaş emas, aksinça rağbatlantirişni közda tutadi. Prezident farmoniga köra:
- tuman (şahar) kesimida tuzilgan reytingda birinçi örinni egallagan umumta’lim muassasalari direktorlari mahalliy budjet mablağlari hisobidan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorida (10 baravari) bir martalik rağbatlantiriladi;
- xalq ta’limi bölimi mudirlari va metodistlariga, umumta’lim muassasalari direktorlariga hamda tuman (şahar) kesimida tuzilgan reytingda birinçi beşta örinlarni egallagan umumta’lim muassasalarining 2 nafar öqituvçilariga Özbekiston Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi hisobidan sanatoriylarda dam oliş uçun bepul yöllanmalar beriladi.
Reytingdan maqsad – soğlom raqobat muhitini şakllantiriş va maktablarda ta’lim sifatini kötarişga qaratilgan çoralar işlab çiqişdir.











