Jamoliddin akaga boğdorçilik işlarida suyançiq bölgan öğli Abdulahad ötgan yili uruğçilik dökonidan oşqovoq uruği sotib oldi. U ekkan oşqovoqlar aql bovar qilmas darajada toş bosdi. Gigant oşqovoqlarni körib, oila hayratga tuşdi. Hammasi şundan boşlandi...


Jamoliddin aka gigant oşqovoqlar yetiştirişdan avval şaftoli köçatlarini saqlab qoliş uçun çelaklab suv taşigani haqida sözlab berdi.
“Fermer xöjaligimiz 2005 yilda öz faoliyatini boşlagan.Ota-bobolarimiz ham dehqon bölişgan. Biz asosan boğdorçilik bilan şuğullanganmiz. Boğdorçilikni boşlagan paytda suv muammosiga duç kelganmiz. Ekilgan köçatlarni saqlab qoliş uçun çelaklab suv taşigan kunlarni ham boşimizdan ötkazdik.

Yaratganga şukrki, ötgan yili quduq qazib, suv çiqardik. Suv çiqqanidan keyin daromad ham oşdi, albatta. Tirikçiligimiz boğdorçilikdan bölgani uçun astoydil mehnat qildik. Biz asosan yerga şaftoli ekkanmiz.”

Fermer oşqovoqning gigant navi dalasiga qanday kelib qolganini gapirib berdi.
“Ötgan yili öğlim Abdulahad “oşqovoq ekaman” deb Amerikaning “punkin” degan oşqovoq navini uruğçilik dökonidan kötarib keldi. Oşqovoq uruğini şaftolizor orasiga ekib çiqdik. Hosildan kutilmagan natija çiqdi. Oşqovoqlar aql bovar qilmas darajada kattarib borardi. Ötgan yili ham kutilmagan hosil oldik. Endilikda oşqovoqning bu navini kengaytirişni reja qilib turibmiz.”

Jamoliddin akaning ta'kidlaşiça, ötgan yili qovoqning eng kattasi 30 kg, bu yil esa eng yirigi 40 kg toş bosibdi.
“Ötgan hosilda oşqovoqning eng kattasi sal kam 30 kg çiqqan edi. Bu yil esa “rekord”ni yangiladik. Bu safargi yetilgan oşqovoqning eng kattasi hozirça 40 kg toş bosdi. Hozirda oşqovoqlarni parvariş qilişda davom etyapmiz. Ularning tanasi hali “tirik”. Yetilayotgan qovoqlar orasida hali 40 kg.dan ötib ketadigani çiqişi ehtimoli yuqori.”













