Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro D.M. boshqa bir fuqaro G.ning ishonchiga kirib, uning jiyanini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.









