Vazirlikning maʼlum qilişiça, sönggi vaqtlarda vaʼda qilingan mablağlar berilmayotgani yuzasidan yuzlab murojaatlar kelib tuşgan. Ayrim şaxslar loyihalarga ovoz töplaş uçun fuqarolarga pul yoki boşqa moddiy qiymatliklarni taklif qilmoqda, biroq keyinçalik vaʼdasini bajarmayapti.
Qayd qilinişiça, «Taşabbusli byudjet» doirasida ovoz beriş faqat «Oçiq byudjet» axborot portali, uning Android va iOS ilovalari hamda Telegram’dagi rasmiy bot orqali amalga oşiriladi.
Amaldagi tartibga köra, ovoz beriş uçun fuqarolardan pul undirilmaydi va berilgan ovozlar uçun moddiy rağbatlantiriş nazarda tutilmagan.
Ovoz beriş jarayoni 31-avgust soat 23:59 gaça davom etadi.
Vazirlik norasmiy botlardan foydalanmaslik, şaxsiy maʼlumotlarni begona şaxslarga bermaslik hamda firibgarlik holatlaridan ehtiyot bölişga çaqirdi.












