Özbekistonda bugungi kunga qadar «Puma-RQ 20» uçuvçisiz uçiş apparatini sotib oliş masalasi kötarilmagan. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
«Özbekiston qurol-yaroğ va harbiy texnika xalqaro bozorini doimiy ravişda kuzatib boradi. Dunyoda robot tizimlari rivojlanayotgan bir paytda uçuvçisiz uçiş apparatlarining kuzatilib borilişi ham bundan mustasno emas.
Heç kimga sir emaski, amerikalik uçuvçisiz uçiş apparatlari işlab çiqaruvçilari bu borada yetakçilardan biri hisoblanadi, şuning uçun ham Özbekistonlik mutaxassislar tomonidan ularga ma’lum qiziqiş bildirilmoqda, biroq bugungi kunga qadar «Puma-RQ 20» uçuvçisiz uçiş apparatini sotib oliş masalasi kötarilmagan», deyiladi xabarda.
Avvalroq, AeroVironment kompaniyasi AQŞning taşqi harbiy sotuvi (FMS) dasturi doirasida Puma 3 AE uçuvçisiz uçiş apparatlarini Özbekistonga yetkazib berişi ma’lum qilingandi.
AQŞ armiyasi qömondonligidan 8,54 million dollarlik kelişuv böyiça uçuvçisiz uçiş apparatlarini yetkazib beriş 2022 yil 30 noyabrgaça yakunlanişi aytilgandi.
AQŞ Mudofaa vazirligi şartnoma böyiça qança Puma 3 AE tizimi taqdim etilişini oşkor qilmagan, biroq Shephard Defence Insight bunday dronning bittasini uçuvçisiz uçiş apparatlari uçun 225 000 dollarga baholamoqda.
Puma 3 AE jangovar harakatlar zonasidagi bölinmalarga real vaqtda razvedka ma’lumotlarini töplaş imkonini beradi. Qurilma quruqlikda va dengiz şaroitida işlatilişi mumkin, uni bir kişi olib yuradi, qöldan işga tuşiriladi.








