Urgut tumani markazi tumanning Kamangaron mahallasiga köçiriladi. Viloyat hokimining qaroriga köra, ma’muriy binolar qurilişi uçun uşbu mahalla hududidan 3 gektar yer ajratiladi.
Tumanda barpo etilayotgan Yangi Özbekiston massivi ham şu hududga tutaş hisoblanadi. Tuman ma’muriy markazi köçganidan söng Urgut şahri turistik şaharga aylantirildi.
“Viloyat hokimligi “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmaçiligida Kamangaron mahallasi hududida 1397, 1398, 1393q va 1395q 1396 qism – raqamli dala konturidan Urgut tumani hokimligiga tuman hokimligi ma’muriy binolarini quriş maqsadida 3 gektar yer maydoni doimiy foydalaniş uçun ajratilsin.
Viloyat hokimligi “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyasi (S.Ziyadullayev), viloyat Quriliş boş boşqarmasi (L.Hamidov), “Şaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK Samarqand filiali (Ş.Ilmuratov) va viloyat qurilişda tender savdolarini taşkil etiş konsalting markazi (S.Gulyamov) mazkur obektlarning belgilangan tartibda loyihaoldi şaharsozlik hujjatlarini öz muddatida işlab çiqib tasdiqlaş, ekspertiza xulosalarini oliş va tender savdolarini ötkaziş çoralarini körsin”, deyiladi qarorda.













