2020 yilning dekabr oyida Andijon viloyati hokimligi mansabdorlari va ularning yaqinlariga tegişli korxonalar tomonidan milliardlab davlat buyurtmalari taqsimlab olingani ma’lum bölgan edi. 2021 yil fevral oyida jamoatçilik tomonidan keskin qoralangan uşbu holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan olib borilgan örganişlar natijasida jinoiy iş qözğatilgan.
Kun.uz söroviga muvofiq Boş prokuratura matbuot xizmati tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarga köra, uşbu mansabdorlarning faqat 1 nafariga nisbatan 2021 yil 24 noyabr sanasida jinoyat işlari böyiça Andijon şahar sudi tomonidan hukm öqilgan.
Xususan, Andijon viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmaçi xizmati” IK rahbari hamda “Milano Biznes Servis” MÇJning 100 foiz uluşi egasi Muhiddin Qodirov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismining “a” bandi, 209-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan aybdor deb topilgan. M.Qodirovga uzil-kesil 2 yil moddiy va mansabdorlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilinib, oylik iş haqining 20 foizini davlat daromadiga uşlab qoliş şarti bilan 2,5 yil axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.
Muhiddin Qodirov – Andijon viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmaçi xizmati” IK rahbari bölgan. M.Qodirov töliq egalik qiladigan “Milano Biznes Servis” MÇJ qariyb 20 mlrd sömlik uçta obektni rekonstruksiya qilişda pudratçi sifatida tanlangan. Ya’ni uçta holatda – Jalaquduq tumanidagi “Oyim” poliklinikasi (6 milliard söm), Izboskan (6,9 milliard söm) va Qörğontepa (6,7 milliard söm) tumanlaridagi 2 maktabni rekonstruksiya qilişda buyurtmaçi ham, pudratçi ham – Muhiddin Qodirovning şaxsan özi bölgan.
Bundan taşqari sudda Qodirovdan taşqari yana 8 nafar fuqaro aybli deb topilib, turli jazolarga hukm tayinlangan.
Lekin sud hukmida 2020 yil oxirida jamoatçilikka ma’lum bölgan davlat xaridlariga doir işda ismlari kelgan yana 3 nafar mansabdor haqida heç qanday gap-söz yöq.
Qolgan mansabdorlar kim va ular nimalar qilgan edi?















