Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining 2021 yil yanvar oyidagi faoliyati yuzasidan e'lon qilingan hisobotda jamoatçilik e'tiborida turgan bir qator davlat xaridlariga oid huquqbuzarlik holatlari haqida ma'lumot berildi.
Jumladan, örganişlar jarayonida Navoiy viloyat hokimligi “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdor şaxslari tomonidan manfaatlar töqnaşuviga yöl qöygan holda “Navoiy Tears Invest” MÇJ bilan qiymati 38 mlrd sömlik jami 11ta quriliş obektlari böyiça şartnomalar tuzilgani aniqlandi. Jami 1 mlrd 588 mln sömlik moliyaviy xato va kamçiliklarga yöl qöyilgani ma'lum qilindi.
Bundan taşqari, Navoiy viloyati hokimligi “Yagona buyurtmaçi xizmati” IK tomonidan “Mexrangez B-2002” MÇJ bilan qiymati 4,7 mlrd sömlik 2ta quriliş obektlari böyiça şartnomalar tuzilganligi aniqlangan. Örganişlar davomida jami 58,7 mln sömlik xato va kamçiliklar aniqlangan.
Agentlik tomonidan Andijon viloyati hokimligi “Yagona buyurtmaçi xizmati” IK, “Qişloq quriliş invest” MÇJ IK Andijon viloyat filiali, Andijon viloyati quriliş boş boşqarmasi mansabdor şaxslariga tegişli quriliş korxonalari tomonidan davlat buyurtmalari qonun talablariga zid ravişda qölga kiritilgani holatlari yuzasidan Hisob palatasi va boşqa vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda işçi guruh tuzilgan holda örganişlar olib borilayotgani oçiqlandi.
Örganişlar jarayonida Andijon viloyat hokimligi “Yagona buyurtmaçi xizmati” IK buyurtmasi asosida şartnoma qiymati 139,7 mlrd sömlik 17ta, “Qişloq quriliş invest” MÇJ IK Andijon viloyat filiali buyurtmasi asosida 3,2 mlrd sömlik 1ta quriliş obektlari qamrab olingan.
Agentlikning ma'lum qilişiça, Andijon viloyati “Yagona buyurtmaçi xizmati” IK buyurtmaçiligida 2019-2020 yillarda jami 541ta obektlarda 480,4 mlrd söm, şundan 2019 yilda 321ta obektlarda 287 mlrd söm hamda 2020 yilda 220ta obektlarda 196,4 mlrd söm respublika va mahalliy budjet mablağlari hisobidan quriliş-montaj işlari olib borilgan.
Agentlik örganişi natijasida Andijon viloyati “Yagona buyurtmaçi xizmati” IK buyurtmaçiligida 2019-2020 yillar davomida 6ta quriliş jamiyatlari tomonidan jami 53ta obektlarda 171,5 mlrd sömlik (umumiy qiymatga nisbatan 35 foizni taşkil etadi) tender (tanlov) savdolari qölga kiritilgani ma'lum böldi.
Örganişda quriliş obektlariga nisbatan ötkazilgan tender (tanlov)larda manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilgani, odob-axloq qoidalari qöpol ravişda buzilgani, tender jarayonini ötkaziş va tegişli hujjatlarni rasmiylaştirişda qator qonunbuzilişi holatlariga yöl qöyilgani aniqlangan.












