Prezident Şavkat Mirziyoyev 14 fevral kuni maşinasozlik sanoatidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Özbekistonda elektromobil tarmoğini rivojlantiriş strategiyasi işlab çiqiladi.
«Jahonda elektromobillar işlab çiqariş jadal rivojlanib, avtomobil bozorida salmoqli örin egallamoqda. Biz ham bu sohada ortda qolmasligimiz uçun amaliy işlarni hozirdan boşlaşimiz kerak», deydi prezident.
Qayd etilişiça, mutasaddilarga uç oy muddatda elektromobil tarmoğini rivojlantiriş strategiyasini kiritiş topşirilgan. Bunda:
- elektromobillar uçun butlovçi qism va materiallarni mahalliylaştiriş dasturini;
- elektromobillar uçun texnik talab va zamonaviy standartlarni işlab çiqiş vazifasi qöyilgan.
Şuningdek, yil yakuniga qadar xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralarni yakunlab, strategik hamkor bilan loyihani boşlaş yuzasidan körsatma berilgan.
Yiğilişda qişloq xöjaligi maşinasozligi klasterini taşkil etiş böyiça barça masalalar hal qilib berilgani va bunga budjetdan 100 milliard söm mablağ ajratilgani körsatib ötilgan.
Soha rahbarlari oldiga 2022 yilda qişloq xöjaligi maşinasozligida:
- qişloq xöjaligi texnikasi tannarxini 12 foizga kamaytiriş;
- işlab çiqarişni 2 barobarga oşiriş;
- eksportni 15 million dollarga yetkaziş vazifasi qöyilgan.
Prezident avtomobil uçun navbatlar mavzusiga töxtalib, hozirgi kunda navbatda turgan har bir buyurtmaçiga UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan avtomobil yetkazib beriladigan aniq sana körsatilgan xabarnoma yöllaş böyiça topşiriq bergan.

Içki talabni qondiriş maqsadida birinçi yarim yillikda 160 mingta, yil yakuniga qadar 275 mingta avtomobil işlab çiqariş zarurligi qayd etildi.
Bozorda taklifni oşirib, xalqimizga tanlaş imkoniyatini yaratiş maqsadida import avtomobillar uçun bojxona boji stavkalarini 2 barobarga pasaytiriş böyiça hukumatga topşiriq berilgan.








