“Rossiya uruş bölişini istamaydi”, – dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Olaf Şols bilan ötkazilgan muzokaralardan keyingi matbuot anjumanida.

«Hozir janob federal kansler va uning yoşidagi odamlar, men ham öşa avlodga mansubman, Yevropada uruş bölişini tasavvur qila olmasligini aytdi. Bu albatta, Ukraina atrofidagi vaziyatga nisbatan aytildi. Ammo biz Yevropadagi uruşning guvohi bölmadikmi? Aynan NATO bloki Yugoslaviyaga qarşi oçgan uruşning», — dedi Putin.

Rossiya prezidenti Belgradga raketa-bomba zarbalari berilgan harbiy operatsiyani eslatdi. 

U Rossiya Yevropada uruş bölişini xohlamasligini ta’kidladi.

«Aynan şu bois muzokaralar jarayoni töğrisidagi takliflarimizni ilgari surdik, buning natijasi barça uçun teng xavfsizlik töğrisidagi kelişuv bölişi lozim. Afsuski, takliflarimizga batafsil javob olmadik», — dedi Putin.