13-14 fevral kunlari Toşkent şahri Yakkasaroy tumanidagi monumental san’at yodgorliklari röyxatiga kiritilgan kosmonavt Vladimir Jonibekov byusti atrofidagi granit plitalari köçirib taşlangandi. Keyinroq Toşkent şahar Madaniy meros agentligi voqea böyiça munosabat bildirib, hududning demontaj işlari ruxsatsiz boşlanganini ma’lum qildi.

15 fevral kuni Kun.uz muxbiri holatni örganiş maqsadida majmua hududida böldi.

Örganiş davomida hududga kelgan Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev sayt muxbiriga intervyusida özi uçun OAV, xususan, Gazeta.uz va Kun.uz’dan köra, mahalliy aholining hurmati qadrli ekani haqida gapirgan.

«10 kun sabr qilinglar. Hozir aylantirib nima qilasiz? Jurnalissiz, bilaman... Agar hozir hayp qilmoqçi bölsangiz, yuring, men sizga köp hayplar... Agar mening ustimdan yozmoqçi bölsangiz yoki boşqa iş qilmoqçi bölsangiz, yuring, men sizga köp narsalarni körsatib beraman.

Hozir bularni olyapsiz-u, bitgandan keyin ham kelib olasiz. Agar yomon bölsa, Ortiqxöjayev buzibdi buni deb aytasiz. Yaxşi bölsa, yaxşi qilibdi, baraka topsin deb aytasiz.

Prezidentimizning topşiriqlarini bajaribdi, insonlar bilan gaplaşibdi, aholi rozi bölibdi, degan gapni yozasiz. Rozimisiz?

Men Gazeta.uz’dan ham, Kun.uz’dan ham köra, mahalliy aholi, şahrimiz xalqining hurmatini qadrlayman, uluğ köraman.

Kun.uz bugun bor, ertaga yöq. Töğrimi? Sizlar bitta MÇJmi? Bir kunda 3 ming MÇJ yopilib, 3 mingtasi oçilyapti. Lekin millat mana şu yerda yaşaydi», – deydi u.

Hokim şundan söng hududda bölib turgan bloger Nikita Makarenko bilan ham muloqotga kirişadi.

Hokim: Loyihani bilasanmi?

Bloger: Ha. Nima uçun loyiha jamoatçilikka e’lon qilinmadi?