1-ssenariy: Qiz maktabni yoki litsey/kollejni tugatib öqişga kira olmadi. Yana qayta urindi, kira olmadi, iş topadi yoki uyda ötiradi. Yo biror hunar örganişi mumkin. Tezroq unga kuyov topib, uzatib yuborişlari mumkin. “Öqimasa, olib ötirib nima qilamiz”.

2-ssenariy: Qiz öqişga kirdi. Yaxşi baholar bilan öqiyapti. Grant bölsa, 1–2-kursda öqiyotganidayoq, kontraktda öqisa, taxminan 3-kursda öqiyotganida sovçilari köpayadi. Köplab holatlarda qiz bakalavriat yo magistraturadagi öqişini tugatmasdan turmuşga çiqib ketadi. “Özimiz öqitib olamiz, öqişiga bemalol boraveradi”, deydi kuyov tomon.

Lekin turmuşga çiqqandan keyin qizlar vaqtlarini ikkiga: öqiş va oilaga taqsimlaşlariga töğri keladi. Agar farzandli bölsa, unda uçga.

Har uçta qizdan bittasi 20 yoşga tölmay turmuşga çiqmoqda

Statistika qömitasi taqdim etgan ma’lumotga köra, 2021 yilda 305 mingdan ortiq nikoh qayd etilgan. Şundan 93,2 mingta holatda kelinlar hali 20 yoşga tölmagan bölgan, 186,7 nafar kelin esa oila quriş paytida 20–30 yoş oraliğida bölgan.

Agar qiz bola maktabga 7 yoşda borsa va 18 yoşda 11 yillik ta’limni tugatib, öz vaqtida OTMga kirsa, bakalavriatni 22 yoşida, magistraturani esa 24 yoşida tugatadi. Örtada tanaffuslar ham bölişi ehtimolini hisobga olsak, xotin-qizlar 25–26 yoşigaça ham ta’lim olişi mumkin.

Raqamlardan kiçik xulosa qiliş mumkinki, Özbekistonda aksar qizlar ta’lim oliş yoşida turmuşga çiqadi. Balki şuning uçun ham ular köproq nisbatan oson yönalişlarda ta’lim olişni ma’qul körişadi: OTMlarda tahsil olayotgan 260 ming talaba qizlarning qariyb yarmi – 126,3 ming nafari pedagogika yönalişida tahsil oladi. Soliştiriş uçun: tabiiy fanlar yönalişlarida 14,1 ming nafar, matematika fanlarida esa 5,4 ming nafar qizlar öqiydi.

Turmuşga çiqib öqiyotgan qizlar muammolari haqida Facebook ijtimoiy tarmoğidagi xotin-qizlar guruhlaridagi fikrlarni örganib kördim. Özi yoki yaqin qarindoşi bölgan qizlarning turmuşga çiqib öqişini davom ettirgani haqida taxminan 80 kişi fikr bildirdi. Asosiy javoblar – turmuş qurgandan söng ta’lim oliş sifati tuşib ketgani haqida böldi. Aksar respondentlar yaxşi öqişgani haqida faqatgina OTMdagi darslariga vaqtida borib kelganini aytiş bilan çegaralandi, biroq ta’lim oliş sifati pasayganini bildirgan. Mö’jaz tadqiqot respondentilar kuzatişlari va javoblariga köra, yangi xonadonda kelinning yetarli darajada ta’lim olişini qöllab-quvvatlovçilar ham bor, lekin ular kamçilik.