Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda eskalatordan yiqilgan bolaning salomatligi vazirlik nazoratida - SSV
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahridagi “Yangi hayot” savdo majmuasida bobo va nabira eskalatordan qulab tushgani aks etgan videolavha tarqaldi.
Foto: SSV
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 18 fevral kuni soat taxminan 20:30 da sodir bo‘lgan. Ular majmuaning 5- va 4-qavatlari oralig‘idagi eskalatorda muvozanatini yo‘qotib, 1-qavatga yiqilgan.
1969 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.T. voqea joyida vafot etgan. Tan jarohati olgan 3 yoshli nabira A.T. esa zudlik bilan viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga yotqizilgan.
Shundan so‘ng unda standart bo‘yicha nevrologik, ultratovush va bosh miya MSKsi kabi qator tekshiruvlar amalga oshirilgan.
Bemor A.T.ga "Qo‘shma jarohat. Bosh miya yopiq jarohati. Bosh miya lat yeyishi. O‘rta og‘ir darajasi. Peshona sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi. O‘ng tomonlama chanoq suyaklari sinib siljishi. O‘ng o‘pka lat yeyishi. Chap son pastki uchligi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi" dastlabki tashxisi qo‘yilgan.
“Sog‘liqni saqlash vazirligi uning holatini nazoratga olgan. Tibbiyot xodimlari stabil og‘ir ahvoldagi bemorning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda. Unga standart asosida tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilyapti”, deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid
18:34 / 17.04.2026
Navoiyda 8 yoshli o‘quvchi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
16:19 / 10.04.2026
Navoiyda bolalarni urib, haqoratlagan tarbiyachi qamoqqa olindi
10:22 / 06.03.2026
Navoiyda bir maktabning 23 o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi
17:59 / 25.08.2025