Navoiy viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, voqea 18 fevral kuni soat 20:30larda sodir bo‘lgan. Karmana tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan Sh.T. 3 yoshli nabirasi bilan Navoiy shahridagi “Yangi hayot” savdo majmuasiga borgan. Nabirasini ko‘tarib olgan bobo 5- va 4-qavat oralig‘idagi eskalatorda muvozanatni yo‘qotib, 1-qavatga tushib ketgan hamda voqea joyida vafot etgan. Tan jarohati olgan nabira esa shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.











