Hayitali Orifjonov Paxtaobod tumanining Qumşaydon mahallasida yaşaydi. 69-ixtisoslaşgan davlat umumta’lim maktabining 6-sinfida öqiydi.
Töğrisi, avvaliga Hayitalining mana şu yoşda yengil avtomobil va mototsikl detallaridan yuk maşinasi yaratgani aniq işonmadik. Lekin u bilan suhbat davomida fikrimiz özgardi.


“Bu kiçik yuk maşinasini dadam bilan birga yasadik. Ğoya meniki. Dadam katta yuk avtomobillari, avtobuslar tuzatadi. “Motor”, “xodovoy” qiladigan usta. Bolalagimdan temir-tersaklar içida ösdim. Men mototsikllarga qiziqaman. Uyimizda “Munis” yuk taşiydigan mototsiklimiz bölib, u oğir yuk kötara olmay doim orqa kuzov ostidagi ramasi sinib qolardi. Dadamga “keling dada, “Munis”ni ramasini kuçaytirib, “Tiko” matorini örnataylik. Yuk ağdaradigan samosval teraylik” dedim. Şu bilan 6 oyda şuni yasadik.
Bu meni birinçi işim emas. Bundan oldin nogironlar aravaçasi va “Matiz” va mototsikl detallaridan xuddi şunaqa yuk maşinasi yasaganman. Buxoroga 25 million sömga sotib yuborganmiz.


Kimdir “mana şu maşinani 12 yoşli bola yasaganiga işonmayman?”, deyişi mumkin. Xohlasa kelib işlarimni körişi mumkin”, – dedi Hayitali Orifjonov.
Hayitali bizga maşinasi qanday detallardan taşkil topgani bilan taniştirdi:
“Orqa kuzov ramasi “Kamaz” maşinasiniki, “Gidrobaçok” va maşinani gidravlika qismi “Munis”dan olingan. Motor, ya’ni dvigatel “Tiko”niki. Rul “Matiz”niki, örindiqlar eski avtobusga tegişli. Oldi kuzov ham “Tiko” avtomobilidan olingan”.



















