Yöl-transport hodisasi oqibatida yölovçilardan biri tan jarohati olib, şifoxonaga murojaat qilgan. Bu haqda Farğona viloyati YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, 20 fevral kuni soat 23:30 larda, Farğona şahri Quvasoy köçasida 2000 yilda tuğilgan Yu.R. ”Nexia 3” rusumli avtomobilini boşqarib ketayotib, boşqaruvni yöqotib, yölni ajratuvçi beton tösiqdan ötib, qarama-qarşi yönalişda harakatlanib kelayotgan, 1998 yilda tuğilgan K.X. boşqaruvidagi ”Nexia 3” rusumli avtomobil bilan töqnaşuv sodir etgan. Oqibatda K.X. boşqaruvidagi ”Nexia 3” rusumli avtomobil yölovçisi, 1993 yilda tuğilgan D.S. “Çap son suyagi yopiq sinişi” taşxisi bilan tan jarohati olib, şifoxonaga murojaat qilgan.

Hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.