Xorazm viloyati va Urganç tumanlararo ma’muriy sudining 2021 yil davomida fuqarolar huquq va erkinliklari, şuningdek, korxona, muassasa va taşkilotlar huquqi hamda qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini sud yöli bilan himoya qilişni amalga oşirişga doir faoliyati yuzasidan viloyat ma’muriy sudining raisi Jamila Sultanova xalq deputatlari Kengaşida axborot berdi.
Qayd qilinişiça, 2021 yilda viloyat ma’muriy sudlari tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan jami 1633 ta ma’muriy iş körib çiqilgan.
Ularning 727 tasi böyiça arizalar qanoatlantirilib, mansabdor şaxslarning qonunga xilof qarorlari va xatti-harakatlari oqibatida fuqarolarning buzilgan huquqlari sud yöli bilan tiklangan, 749 ta ariza rad etilgan, 82 tasi böyiça iş yuritiş tugatilgan va 75 tasi körmasdan qoldirilgan.
Hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topiş böyiça jami 719 ta (2020 yilda 377 ta edi) arizalar körib tamomlangan bölib, 430 (230) ta qaror haqiqiy emas deb topilgan, 242 (134) ta ariza rad qilingan bölsa, 25 (3) tasi körmasdan qoldirilgan va 22 (10) tasi böyiça iş yuritiş tugatilgan.
Haqiqiy emas deb topilgan 430 ta qarorning 163 tasi Urganç şahri, 72 tasi Urganç tumani, 67 tasi Hazorasp tumani, 25 tasi Qöşköpir tumani, 23 tasi Xonqa tumani, 22 tasi Tuproqqal’a tumani, Gurlan va Yangiariq tumanida 15 tadan, 7 tasi Xiva şahri, Şovot va Xiva tumanida 6 tadan, 4 tasi Yangibozor tumani, 3 tasi Boğot tumani, 2 tasi viloyat hokimi tomonidan qabul qilingan qarorlardir.
Şuningdek, haqiqiy emas deb topilgan 430 ta hokim qarorlarining 211 tasi turar joyga nisbatan egalik huquqini belgilaş yoxud ilgari belgilangan egalik huquqini bekor qiliş, 129 tasi yer maydoni ajratiş, 49 tasi fermer xöjaliklari yer maydonlarini olib qöyiş bilan boğliq işlarni taşkil etgan bölsa, 41 tasi noturar binoga nisbatan egalik huquqini belgilaşga oid işlardir.
2021 yil davomida ma’muriy işlarning 600 tasi, ya’ni 36,7 foizi sayyor sud majlislarida körib çiqilgan.
Işlarni körib çiqiş yakuni böyiça sudyalar tomonidan 458 ta xususiy ajrimlar çiqarilgan. Ularning 298 tasi tuman va şahar hokimliklari, 129 tasi budjetdan taşqari pensiya jamğarmasining tuman va şahar bölimlariga, 31 tasi boşqa taşkilotlarga çiqarilgan.










