Adliya vazirligi tomonidan hokim qarorlarini işlab çiqiş, kelişiş va röyxatdan ötkazişning yagona elektron «E-qaror» tizimi işlab çiqildi. Vazirlikning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, uşbu tizim Toşkent viloyati hokimligida işga tuşirilgan va 9 mart kuni viloyat hokimining birinçi elektron qarori «E-qaror» yagona elektron tizimi orqali qabul qilindi.

Şuningdek, uşbu tizim 2021 yil 1 iyuldan respublikadagi barça hokimliklar faoliyatiga joriy etilişi ma'lum qilindi.

Adliya vazirligi tizim quyidagi afzalliklarga egaligini bildirdi:

Qonuniylik va qonun ustuvorligi ta'minlanadi

  • qabul qilingan hokim qarorlarini noqonuniy özgartirib qöyiş yoki qalbakilaştiriş imkoniyatiga barham beriladi;
  • hokim qarori loyihasini işlab çiqişdan boşlab qabul qilişgaça bölgan barça jarayonlar adliya organlari tomonidan monitoring qilib boriladi;
  • tizimga barça vazirlik va idoralardan turli ekspertizalardan ötkazilgan 100ga yaqin hokim qarorlarining namunalaridan foydalaniş imkonini beradi.

Hokimlar faoliyatida şaffoflik kuçaytiriladi

  • «E-qaror» elektron tizimi orqali qabul qilingan har bir qarorga e-qaror.gov.uz saytida takrorlanmaydigan maxsus raqam beriladi va avtomatik tarzda e'lon qilinadi;
  • hokimlikning norma ijodkorligi jarayoni ustidan jamoatçilik nazoratini örnatiladi.

Sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etiladi

  • hokimlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni kelişiş, röyxatga oliş va ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam beriş jarayonlari elektron tarzda amalga oşirilişi mehnat unumdorligini oşirişga xizmat qiladi.

Fuqarolarning jamoatçilik nazoratidagi örni va roli oşadi

  • fuqarolarning mahalliy norma ijodkorligi jarayonida faol iştiroki ta'minlanadi;
  • hokimliklar tomonidan fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari poymol qilinişiga çek qöyiladi;
  • hokimlik tomonidan korrupsiya, boşqa huquqbuzarliklar sodir etilişi uçun şaroit yaratadigan qoidalar va normalar örnatilişining oldi olinadi.