Oliy sud axborot xizmatining ma’lum qilişiça, 2022 yilning 9 oyi davomida ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan 11 525 ta iş körib çiqilgan va 5 589 nafar jismoniy va yuridik şaxsning huquqlari tiklangan.

Jumladan, 9 oy içida ma’muriy va fuqarolar özini özi boşqariş organlarining, ular mansabdor şaxslarining qarorlari ustidan şikoyat qiliş töğrisidagi 7 004 ta iş körib çiqilgan. Çunonçi, hokim qarorini haqiqiy emas deb topiş bilan boğliq körib tamomlangan işlar soni 3 665 tani taşkil qilib, şundan jismoniy va yuridik şaxslarning 1 339 ta arizasi qanoatlantirilgan.

Viloyat va unga tenglaştirilgan ma’muriy sudlar tomonidan apellyatsiya tartibida 2 835 ta iş körib çiqilib, quyi sudlar tomonidan çiqarilgan 429 ta qaror bekor qilingan, 52 ta qaror esa özgartirilgan.

Oliy sud ma’muriy işlar böyiça sudlov hay’ati tomonidan kassatsiya tartibida 2 213 ta şikoyat va protest örganilib, şundan 1 096 tasi iş materiallari asosida körib çiqilgan. Natijada quyi sudlar tomonidan çiqarilgan qarorlarning 166 tasi bekor qilingan, 4 tasi özgartirilgan.

Şuningdek, kassatsiya instansiyasida 36 ta iş takroran körib çiqilib, 28 ta sud qarori bekor qilingan.

Avvalroq Xorazm viloyati ma’muriy sudi haqiqiy emas deb topilgan hokim qarorlari soni qariyb 2 barobar oşganini ma’lum qilgandi.

Oliy sudga köra, 2021 yilning dastlabki 6 oyi davomida hokimlarning eng köp haqiqiy emas deb topilgan qarorlari Toşkent (186), Xorazm (167) hamda Andijon viloyatlari (112) hissasiga töğri kelgan.