«Avtomototransport vositalarini sotib oliş jarayoniga axborot tizimlarini joriy etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi.

Belgilanişiça, 2022 yil 1 apreldan UzAuto Motors AJ tomonidan avtomototransportni xarid qiliş böyiça şartnoma tuzgan şaxsga avtomatik ravişda rasmiylaştiriladigan hisob-ma’lumotni Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xizmatiga faqat elektron şaklda taqdim etiş amaliyoti joriy qilinadi.

«Mazkur tartib orqali avtomobil sotib olişda haqqoniy xaridorlarga ustuvorlik beriladi. Ya’ni fuqarolarning avtomototransport sotib oliş uçun olgan şartnomalarini boşqa şaxslarga sotişining oldi olinadi. Şartnoma kimning nomiga rasmiylaştirilib, Yöl harakati xizmati bazasiga kiritilgan bölsa, avtotransport öşa şaxs nomiga rasmiylaştiriladi», – deyilgan qarorda.

Avvalroq, UzAuto Motors bir şaxs tomonidan avtomobillarni sotib oliş uçun 10, 20, hattoki 200ta kelişuv şartnomalari tuzilganlik holatlari aniqlangani, şu sababdan öz savdo ma’lumotlar bazasini Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining yangi avtomobillarni röyxatdan ötkaziş bazasi bilan sinxronlaştirişni taklif etgandi.