Ma’lum qilinişiça, Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan Hisor davlat qöriqxonasi qor qoplonining doimiy yaşaş joylaridan biri hisoblanadi. Qöriqxonaga örnatilgan fotoqopqon tabiatning ana şu noyob jonivorining yana bittasini kamera obektiga muhrlagan.
Ma’lumot uçun, qor qoploni bugungi kunda noyob tur hisoblanib, Xalqaro qizil kitobga kiritilgan. Muşuksimonlar oilasiga mansub bölgan bu noyob jonivorni mamlakatimizda muhofaza qilişga alohida e’tibor qaratilgan.
Avvalroq qöriqxonaning Tanxozdaryo bölimi davlat nazoratçisi Jamşid Berdaliyev tomonidan Quralay soyiga qöyilgan kamera obektiga 2 boş qor qoploni muhrlangani haqida xabar berilgandi.











