O‘tgan yillardagidek, «UzBuild» yana bir bor professionallarga keng ekspozitsiya va qurilish materiallari va texnologiyalari assortimentini taqdim etadi hamda mazmunli muzokaralar va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun eng yaxshi biznes platformaga aylanadi.
Bugungi kunga qadar 19 mamlakatdan 180dan ortiq kompaniya va brendlar o‘z ishtiroklarini tasdiqladilar: Avstriya, Belarus Respublikasi, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Niderlandlar, Rossiya, AQSh, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Finlandiya va Fransiya.
Ko‘rgazmaga qulay va xavfsiz tashrif buyurish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘ting: http://bit.ly/UB_Kun
Bugungi kunga qadar onlayn tarzda 3000ga yaqin soha mutaxassislari ro‘yxatga olindi.
«UzBuild» ko‘rgazmasining xalqaro maqomi 146 ta xorijiy kompaniyaning ishtiroki bilan tasdiqlangan, bu raqam eksponentlar umumiy sonining 82 foizini tashkil etadi.
Birinchi beshlik (top 5) xorijiy davlatlar qatoriga Turkiya (70 ta kompaniya), Rossiya (28 ta kompaniya), Germaniya (19 ta kompaniya), Italiya (8 ta kompaniya) va Hindiston (6 ta kompaniya) kirdi.
Turk milliy ekspozitsiyasi ko‘rgazma ishtirokchilari – qurilish uskunalari, texnikasi, qurilish va pardozlash materiallari ishlab chiqaruvchilari soni bo‘yicha sharsiz yetakchilik qilmoqda.
Germaniya milliy stendi ham qurilish texnikasi sohasidagi yangiliklar va ishlanmalar, ya’ni payvandlash uskunalari, beton bloklar ishlab chiqarish liniyalari, yo‘l belgilarini belgilash texnikasi va boshqalarni taqdim etadi.
Rossiya Federatsiyasi Moskva, Omsk, Ulyanovsk va Tyumen viloyatlari, shuningdek, yirik eksportchi kompaniyalar jamoaviy stendlari tarkibida texnika, asboblar va interer yechimlarining keng assortimentini taqdim etadi.













