Ma’lum bölişiça, sönggi 5 yilda bankning kapitallaşuv bazasi keskin oşirildi, mahalliy va xorijiy resurslarni jalb qiliş imkoniyatlari kengaydi.

Ötgan 2021 yilda bank tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini moliyalaştiriş, tadbirkorlik harakatlarini qöllab-quvvatlaş uçun 25,4 trln sömlik kreditlar ajratildi va bu körsatkiç 2020 yilga nisbatan 3,5 trln sömga yoki 116 foizga oşdi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun 125 mingta mijozga 3,2 trln söm, hududlarni iqtisodiy rivojlantiriş dasturlari doirasida 1 266 ta 4,2 trln sömlik loyihalar moliyalaştirildi.

2021 yilda xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hisobidan 126 ta loyihalarga 311 mln dollar miqdorida kredit mablaği ajratildi. 2021 yilda aktivlar 39,9 trln sömga, kredit qöyilmalar 32,3 trln söm taşkil qilib avvalgi yilga nisbatan mos ravişda 129 foizdan va 128 foizga oşdi.

2022 yilda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantiriş uçun jami 32 trln söm kredit ajratiş va ötgan yilga nisbatan ösişni 7 trln söm yoki 126 foizga yetkaziş va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş yönalişida 3,9 trln söm kreditlar ajratiladi. Hududlarda jami 807 ta loyihalarni moliyalaştiriş uçun 4,9 trln sömlik kredit mablaği yönaltiriş közda tutilgan.

“Agrobank” ATB transformatsiyasini amalga oşiriş maqsadida OTB va KPMG kompaniyalari jalb qilinib, bank rivojlantiriş strategiyasi va bank biznes modeli işlab çiqildi. Bank strategiyasidan kelib çiqib yetakçi marketologlar bilan hamkorlikda yangi brend joylaşuvi amalga oşirildi.

Qişloq xöjaligida zamonaviy bilimlarni joriy qiliş maqsadida yurtimizning bir qator oliy öquv yurtlari bilan birga 5 ta hududda “Fermerlar maktabi” taşkil qilinib, bu maktablarda qişloq xöjaligi, dehqonçilik, ösimliklarni himoyasi, biznes, moliya va huquqiy savodxonlik böyiça darslar berilmoqda. 2021 yil noyabrdan respublika böyiça 15 mingga yaqin fermer xöjaliklari rahbar va işçilari öqitildi. 2022 yil yakuniga qadar yana 65 mingta fermerlar öqişlarga jalb qilinadi.

2021 yilda fermerlar va tomorqa yer egalari uçun qişloq xöjaligida“100 ta kitob” töplam loyihasi ham amalga oşirildi. Uşbu töplamdan 10 mingta çop etib tarqatildi. Elektron şaklda agrobank.uz sayti, telegram boti orqali foydalaniş imkoniyati yaratildi.

Ösimliklarni himoya qiliş yönalişida 40 turdagi ösimliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qiliş böyiça kitoblar töplami tayyorlandi.

Qişloq xöjaligi mahsulotlari va xizmatlarini sotib oliş va sotişga ixtisoslaşgan “AgroZamin” platformasi yaratildi. 2022 yilda aholi tomorqalari va qişloq xöjaligiga xizmat körsatiş böyiça Agroxizmatlar markazlari taşkil qilinyapti.

Tumanlarda “Agrolab” ösimliklarni himoya qiliş faoliyati xizmati taşkil etiladi. Bu şoxobça orqali köçma va karantin laboratoriyasi, tadqiqot uçun issiqxona va yer dalasi, umumiy amaliyot xonasi, tayyor mahsulotlarni sotiş dökoni, yuk avtomobillari hamda agregatlar bazasi taşkil etiladi.

“Agrobank” ATB tomonidan kiçik va örta biznes, jismoniy şaxslarga xizmat körsatişga yönalişida mijozlar uçun 30 ga yaqin yangi xizmatlar joriy qilinib, körsatilayotgan masofaviy xizmatlari hajmi oşirildi.

Xususan, yuridik va jismoniy şaxslar uçun mobil ilova orqali onlayn kreditlar joriy qilindi. Bu yönalişda Rossiya (Transkapitalbank), Janubiy Koreya (Xanabank) banklari bilan birgalikda joriy qilingan onlayn xalqaro pul ötkazmalari xizmatlari yölga qöyildi.

Joriy yil yanvar oyidan xorijda mehnat faoliyati olib borayotgan vatandoşlarimiz va ularning oila a’zolari uçun “Madad” mobil ilova orqali onlayn mikroqarz joriy qilindi. Endi xalqaro pul ötkazmasi amalga oşirgan mijozga 10 mln sömgaça masofadan kredit ajratiladi.

Şuningdek, bank 2021 yilda Chakana.uz marketpleysini işga tuşirdi. Bu platforma orqali mijozlar maişiy texnika va jihozlarni bankka kelmasdan masofadan kreditga sotib olişlari mumkin.

Bank respublikamizda birinçilardan bölib Kartomat qurilmasini tatbiq qildi. Bu qurilma orqali mijoz bank kartasini oliş uçun “Face-ID” tizimi orqali identifikatsiya qilinadi va karta avtomat tarzda rasmiylaştirib beriladi. Bugungi kunda bankning hududiy filiallarida 44 ta kartomat qurilma örnatildi. 2022 yil davomida esa barça filiallarga (jami 170 ta) bunday qurilmalar örnatilişi reja qilingan.

Bank transformatsiyasi jarayonida IT texnologiyalarni yangi poğonaga olib çiqiş uçun xorij banklari (Rossiya Sberbanki va Turkiya Ziraatbanki) örganildi. Bunda, uşbu yönalişda bank tomonidan joriy yilda amalga oşiradigan loyihalar aniqlab olindi va axborot tizimini rivojlantiriş böyiça dunyoda yetakçi konsalting kompaniyalari bilan birgalikda bankning IT strategiyasi işlab çiqildi.

2022 yilda ham bu boradagi işlar jadallaştirilib, yangi “Smart ofis” loyihasini amalga oşiriladi. Aholi gavjum joylarda taşkil qiladigan uşbu ofislar orqali mijozlar bank xodimi iştirokisiz bank amaliyotlaridan foydalanişlari mumkin böladi. Bu ofislar 24/7 rejimida işlaydi. Şuningdek, bankning xizmat körsatiş darajasini oşiriş maqsadida yangi raqamli “Fresh” filiali faoliyati rivojlantiriladi.

Bankni transformatsiya jarayonida xorijiy nufuzli kompaniyalar bilan birgalikda tavakkalçiliklarni boşqariş tizimi, skoring modelining dastlabki bosqiçi yölga qöyildi. Xorijiy ekspert tavsiyalari asosida stress-test ssenariylari ötkazilişi takomillaştirildi. Bankning operatsion risklarini oldini oliş böyiça indikatorlar işlab çiqildi.

Jumladan, likvidlilik va bozor risklarini boşqarişda likvidlilik körsatkiçlarini, bankning depozit bazasi va majburiyatlarining konsentratsiyasi, GEP-tahlil, VaR hisoboti, foiz stavkalari özgarişining bank foydasiga ta’siri va valuta pozitsiyasini aniqlaş hamda baholaş va monitoring qiliş yölga qöyildi.

Şuningdek, xorijiy ekspertlar bilan birgalikda kreditlaş jarayonini Anderrayting tizimi orqali ajratiş yölga qöyildi.

Kredit hujjatlarining töliqligi, ta’minotning töğri rasmiylaştirilgani hamda belgilangan me’yorlar bajarilişini tekşiriş, monitoringini yuritiş böyiça kreditlarni boşqariş böyiça boş ofisda yangi tarkibiy tuzilma taşkil etildi.

“Agrobank” ATB jamoasi aholi va mijozlarga bank xizmatlarni körsatişda 2022 yilda ham keng kölamli islohotlarni jadal davom ettiradi.

“Agrobank” ATB Matbuot xizmati Ⓣ