Bugun, 22 fevral kuni çet tillarini örganişga oid qarorlar yuzasidan Davlat test markazi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi va Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş agentligi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi.
Anjumanda Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş agentligi direktori örinbosari Azim Husanovning qayd etişiça, 2024 yilgi qabuldan kiriş imtihonlarida majburiy fanlar blokida çet tili bölişi hozirça tasdiqlanmagan.
“Xorijiy tillarni örganişni takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorda (19 yanvarda qabul qilingan) Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi Davlat test markazi bilan birgalikda 2 oy muddatda 2024/2025 öquv yilidan boşlab OTMga kiriş imtihonlari uçun belgilangan majburiy fanlar majmuasiga çet tili fanini bosqiçma-bosqiç kiritiş yuzasidan taklif kiritişi belgilangan. Buni notöğri talqin qilmaslikni iltimos qilib qolaman”, – dedi Azim Husanov.

Uning qayd etişiça, heç kim çet tili majburiy blokda bölişi haqida aniq talab qöymagan. Bu juda katta izlaniş, ekspertlar xulosalariga asoslanib qilinadi.
“15 ta savol bilan abituriyentning xorijiy til böyiça bilimini aniqlaş – qiyin masala. Şuning uçun bu mavzu ustida ekspertlar işlayapti. Hali bir oy vaqtimiz bor, bu muddatda biror töxtamga, albatta, kelinadi”, – deya Azim Husanovning sözlarni keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib ötamiz, uşbu qarorga asosan, 6 ta OTMda çet tili birinçi fan bölgan yönalişlarda xorijiy til imtihoni test körinişida emas, ijodiy imtihon şaklida olinişi belgilangan.









