Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi (SNBO) butun mamlakat böylab favqulodda holat rejimi joriy etişga qaror qildi, Donetsk va Lugansk oblastlari bundan mustasno. Bu haqda kengaş boş kotibi Aleksey Danilovga asoslanib, UNIAN xabar bergan.
Endi kengaş qarori 48 soat içida Ukraina Oliy radasida tasdiqlanişi kerak böladi.
Danilovning sözlariga köra, favqulodda holat rejimi 30 kunga joriy etiladi, zarurat bölsa, Ukraina prezidenti uning muddatini yana 30 kunga uzaytirişi mumkin. Kengaş kotibi FV rejimi joriy etilişi ukrainlarning kundalik turmuş tarziga «radikal» ta’sir körsatmasligiga harakat qilingan.
Danilovning ma’lumot berişiça, bunday rejim şaroitida jamoatçilik tartibi muhofazasi kuçaytirilişi va transport harakati çeklanişi mumkin. U zarurat tuğilgan taqdirda — Rossiya tomonidan tajovuzkorlik kuçaysa, ayrim regionlarda komendantlik soati ham joriy etilişi mumkinligini bildirgan.
Bundan taşqari, 23 fevral kuni Ukraina davlat çegara xizmati Belarus va Rossiya bilan çegaradagi rayonlarda, şuningdek, RF tomonidan vaqtinça bosib olingan regionlarda çeklovlar kiritilişi haqida ma’lum qilgan. Bu hududlarda tungi vaqtda çegara zonasida qoliş, dronlar uçiriş, şuningdek foto va videos’yomka qiliş çeklanadi.
- 21 fevral kuni Vladimir Putin özini özi mustaqil deb e’lon qilgan DXR va LXRni tan oldi.
- 22 fevral kuni Federatsiya kengaşi uşbu respublikalar hududiga rossiyalik harbiylar kiritilişiga ruxsat berdi. Bu qaror göyoki Ukraina tomonidan tajovuz xavfi borligi tufayli tinçlikparvar missiya sifatida taqdim etildi. BMT boş kotibi Antoniu Guterriş esa RFning harakatini tinçlikparvar deb baholamadi.
- Moskva DXR va LNRni tan olib, bu hududga qöşin jönatilişini ma’qullaganidan keyin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy zaxiradagilarning harbiy xizmatga çaqirilişi haqida e’lon qildi. 23 fevral kuni Ukraina TIV mamlakat fuqarolarini zudlik bilan Rossiya hududini tark etişga çaqirdi.













