23 fevral kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğistonga taşrifi doirasida Şumanay tumanidagi “Şumanay ekoteks” korxonasi faoliyati bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, 2020 yilda işga tuşirilgan uşbu korxona 7 ming tonnadan ziyod ip-kalava tayyorlaş quvvatiga ega. Ötgan yili 51 milliard sömlik mahsulot işlab çiqarilib, qariyb 5 million dollarlik eksport qilingan.
Şu paytgaça hududdagi eng katta muammo işsizlik edi. Mazkur korxona aholi, ayniqsa, xotin-qizlarni doimiy iş bilan ta’minlaşda muhim rol öynadi. Bu yerda 500 ta iş örni taşkil etilgan.


Davlat rahbari işlab çiqariş jarayoni va mahsulotlarni közdan keçirdi, işçilar bilan suhbatlaşdi. Mutasaddilarga korxonada paxtani qayta işlaşning keyingi bosqiçlarini özlaştiriş böyiça körsatma berildi.
- Bu ma’qul. Lekin tumanda işsizlar bölmasligi uçun bunday korxonalar uç-törtta bölişi kerak. Sanoatning boşqa yönalişlarida ham loyihalar topiş zarur, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şu yerda tumandagi “Bahrom Ilğor Klaster” mas’uliyati çeklangan jamiyati haqida ma’lumot berildi. Klasterning 743 gektar yeri lazer orqali tekislangan. Şundan 100 gektarida yomğirlatib suğoriş texnologiyasi joriy etilgan.












