Kun.uz muxbiri bu borada özbek ziyolilari fikri bilan qiziqdi.

Erkin A’zam, yozuvçi

— Afsus, Rossiya va Ukraina munosabatlaridagi eng oğir va qörqinçli ssenariy yuz berdi – ruslar Ukrainada uruş boşladi.

Bilasiz, bir insonni öldirgan kişi qotil deyiladi. Xöş, Ukrainaga bostirib kirib, yuzlab insonlar ölimiga sabab bölayotganlarni kim deb ataş mumkin ekan?

Putin Rossiyasi insoniyat tarixida bosqinçi va qonxör sifatida qoladi. Vladimir Putin şuni istadi. U öz qöşnisi, qardoş xalqi uyiga bostirib kirdi va begunohlarni öldirmoqda.

Bu yerda suveren Ukraina Yevropani tanlagandi, buni töğri tuşuniş kerak edi. Ukrainlar öz irodasiga köra, mustaqil bölmoqçi edilar. Rossiya hukumatidagilar esa buni istamadi.

Bu jirkanç uruş Rossiya va rus xalqining yuzini bir umrga kirlantirdi.

Faxriyor, şoir

Bu yolğiz Ukraina emas, butun insoniyatga qarşi oçilgan uruş. Putin aslida NATOdan emas, yonidagi oyoqqa turib kelayotgan demokratiyadan qörqadi, çunki demokratiya avtoritarizmga, bir şaxsning 20 yildan oşiq hokimiyatda qolib ketişiga yöl bermaydi.

Afsuski, işonilgan Ğarb ham Ukrainani yolğiz qoldirdi...

Bu uruş hammamizga saboq bölişi kerak. Barçasini töğri hisoblay olişimiz, ogoh bölişimiz kerak. Agar Ukraina bosqinçilarning hujumiga qarşi tura olmasa, boşqa heç bir sobiq sovet mamlakati ularga qarşi tura olmaydi. Şuning uçun ukrain birodarlarga neoimperialistlar bilan kuraşda kuç-quvvat tilaymiz. 

Biz ukrain xalqi bilan birgamiz va ularga hamdardmiz. Bu uruşda bizning kelajagimiz ham hal böladi.

Uluğbek Hamdam, yozuvçi

— Bu bosqin hokimiyatda vakolatlarning bir insonga haddan ortiq köp berib yuborilişi va uning marazmga duçorligi oqibati.