Vazirlar Mahkamasining “Tomorqa xöjaliklarida yetiştirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qiliş tizimini moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

2026 yil 1 yanvarga qadar Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi tomorqada yetiştirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qiliş maqsadida tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida iş taşkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga omborxonalarni jihozlaş, şuningdek, quritiş, saralaş va qadoqlaş uskunalari xarid qiliş xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq 150 mln sömdan ortiq bölmagan miqdorda subsidiya ajratadi.

Tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida iş taşkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga omborxonalarni jihozlaş, şuningdek, qişloq xöjaligi mahsulotlarini quritiş, saralaş va qadoqlaş uskunalarini xarid qiliş xarajatlarining bir qismiga subsidiya ajratiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida iş taşkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga qöyiladigan şartlar;
  • subsidiya oliş böyiça talabgorlarning arizalariga asosan manzilli röyxatlarni şakllantiriş tartibi;
  • talabgorlar tomonidan subsidiya ajratiş böyiça ariza bilan birga taqdim etiladigan hujjatlar töplami;
  • arizalarni körib çiqiş tartibi;
  • tuzilgan kooperatsiya şartnomalari şartlari bajarilişini monitoring qiliş tartibi.

Talabgorlar elektron arizani har yili 1 aprelga qadar YaIDXP yoki Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlaştiriş markazi” DUKning “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali topşirişlari kerak.

Arizaga kooperatsiya asosida iş taşkil etganligini tasdiqlovçi tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi va tuman hokimi yordamçisining tavsiyanomasini ilova qilinadi.

Tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi tuman moliya bölimi bilan birga 5 iş kunida taqdim etilgan ariza va hujjatlarning haqqoniyligini, talabgorlarning moliyaviy holatini joyiga çiqqan holda örganadi.

Har yili 15 aprelga qadar talabgorlarning manzilli röyxati şakllantiriladi va respublika işçi guruhiga taqdim qilinadi. Har yili 20 aprelga qadar subsidiya ajratişga kömaklaşuvçi respublika işçi guruhi hududlar va tumanlar kesimida manzilli röyxatni tahlil qilgan holda umumlaştiradi va tasdiqlaydi.

Subsidiya obekti xarid qilingandan keyin manzilli röyxatga kiritilgan talabgorlar subsidiya oliş böyiça arizani YaIDXP yoki “Agrosubsidiya” AT orqali zarur hujjatlarni ilova qilgan holda elektron şaklda yuboradi.

Ariza kelib tuşgan kundan boşlab 5 iş kunida talabgorlarning subsidiyalaş obekti joyiga çiqqan holda örganiladi va xulosa rasmiylaştiriladi. 

Talabgorlarga subsidiya ajratiş töğrisidagi xulosalar va ma’lumotlar 3 iş kunida respublika işçi guruhiga taqdim etiladi.

Söngra respublika işçi guruhi:

  • xulosalar va ma’lumotlarni, zaruratga köra, talabgorlarning takliflarini 5 iş kunida örganib çiqadi;
  • 3 iş kunida subsidiya ajratiş maqsadga muvofiqligi töğrisidagi xulosalarni rasmiylaştiradi.

Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi xulosani olgan kundan boşlab 3 iş kuni içida talabgorlar bilan şartnoma rasmiylaştiradi.

Şartnoma tuzilgandan keyin subsidiya 3 iş kunida talabgorlarning banklardagi asosiy hisobvaraqlariga “UzASBO” dasturiy majmui orqali ötkazib beriladi.