Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi yagona nizomni tasdiqlaş haqida”gi hamda “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etiş xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni beriş tartib-taomillari töğrisidagi yagona nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarorlari qabul qilindi.
Hujjatlar bilan quyidagilar tasdiqlandi:
maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalaş tartibi va ruxsat etiş xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni beriş tartib-taomillari töğrisidagi yagona nizomlar;
litsenziya beriş yoki litsenziya berişni rad etiş hamda ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatni beriş yoki berişni rad etiş töğrisidagi qarorlarni respublika darajasida qabul qiluvçi vakolatli organlarning şikoyatlarni körib çiqiş böyiça apellyatsiya kengaşining namunaviy tarkibi.
Nizomlar lisenziatlar va ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjat egalarining faoliyatini nazorat qiliş va ularning hisobini “Lisenziya” axborot tizimi orqali yuritiş tartibini belgilaydi. Ular litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oşiriş va ruxsat berişga oid talablar va şartlarni hamda quyidagi tartiblarni öz içiga oladi:
- litsenziya yoki ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatni oliş uçun ariza beriş va uni körib çiqiş;
- litsenziyani yoki ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylaştiriş, muddatini uzaytiriş va özgartiriş;
- litsenziyaning yoki ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatning amal qilişini töxtatib turiş, bekor qiliş va töxtatiş;
- tegişli organlar qarori va ularning mansabdor şaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan şikoyat beriş va uni körib çiqiş;
- litsenziyalar yoki ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlar reyestrini yuritiş.
Lisenziya yoki ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatni berişni rad etiş uçun quyidagilar asos böladi:
- litsenziya yoki ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjat berilişi uçun zarur bölgan hujjatlarning talabgor tomonidan töliq bölmagan hajmda taqdim etilganligi;
- talabgorning litsenziya yoki ruxsat berişga oid talablar va şartlarga muvofiq emasligi;
- talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda yolğon yoki notöğri ma’lumotlarning mavjudligi;
- ötkazilişi şart bölgan örganişlar, tadqiqotlar, tekşirişlar yoki boşqa ilmiy va texnik baholaşlarning yakunlari böyiça asoslangan salbiy xulosa olinganligi.
Boşqa asoslar litsenziya yoki ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatni berişni rad etişga sabab böla olmaydi.
Faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kiçik turini amalga oşiriş uçun litsenziyaga ega bölgan yoki ruxsat etiş xususiyatiga ega bölgan hujjat asosida faoliyatni amalga oşirayotgan yuridik yoki jismoniy şaxslar uçun mazkur qaror bilan belgilangan litsenziya va ruxsat beriş talab va şartlari 2022 yil 1 iyundan kuçga kiradi.












