Özbekiston prezidentining matbuot kotibi Şerzod Asadov 25 fevral kuni Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin örtasida keçgan telefon muloqoti borasida ikkita tomonning rasmiy relizi bir-biridan farq qilişi böyiça izoh berdi.
“Keçadan buyon mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari va blogerlaridan Özbekiston va Rossiya Prezidentlarining yaqinda bölib ötgan telefon muloqoti yakunlariga izoh berişimni sörab, murojaatlar kelib tuşmoqda.
Şu munosabat bilan hamkasblarimizga quyidagilarni ma’lum qilmoqçiman.
Ikki tomonlama munosabatlarning keng kölamli kun tartibida turgan dolzarb masalalardan taşqari, Özbekiston va Rossiya yetakçilari Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almaşdilar.
Rossiya Prezidenti davlatimiz rahbariga maxsus harbiy operatsiyani ötkaziş töğrisida qabul qilingan qarorning sabablari va şart-şaroitlari haqida ma’lumot berdi.
Özbekiston yetakçisi, öz navbatida, tomonlar vaziyatni hal qilişning özaro maqbul yöllarini tez fursatda topişlari va uning yanada keskin tus olişiga yöl qöyilmasligiga umid bildirdi.
Şuni alohida ta’kidlaşni istardimki, Özbekiston bu masala böyiça vazmin, neytral pozitsiyada.
Mamlakatimiz azaldan ham Rossiya, ham Ukraina bilan yaqin, döstona munosabatlarga ega. Biz keng mintaqamizda tinçlik, barqarorlik va izçil taraqqiyot bölişidan manfaatdormiz. Barça bahs va kelişmovçiliklar faqatgina xalqaro huquq normalari asosida hal qilinişi lozim”, – deya yozdi Şerzod Asadov Telegram-kanalida.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 25 fevral, Rossiyaning Ukrainaga bosqinining ikkinçi kunida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda böldi. RF rahbari şu kuni Xitoy raisi Si Jinping bilan ham qönğiroqlaşgan.
Mazkur muloqotlar yuzasidan Kreml tarqatgan rasmiy relizlar Özbekiston va Xitoy tomoni bergan bayonotlardan farq qiladi. Xususan, Rossiya prezidentining matbuot xizmati xabarlarida Özbekiston va Xitoy yetakçilari göyoki Ukrainaga bosqinni “tuşunişi”, Rossiyaning bu harakatlariga “hurmat bilan qaraşi”ni ta’kidlagani aytiladi. Vaholanki, Toşkent va Pekinning rasmiy bayonotlarida bunday gap yöq.
Rasmiy Toşkentning xabarida, Özbekiston va Rossiya prezidentlari özaro hamkorlikning dolzarb masalalari, xususan turli sohalarda avvalroq erişilgan kelişuvlar ijrosini muhokama qilgani bildirilgan.












