Sport | 15:00 / 28.02.2022
2439
2 daqiqa o‘qiladi

“Aral samali” xususiy investorlarga o‘tmoqda

Foto: KUN.UZ

Bir necha kun avval “Aral samali” jamoasi ta’sischilarida o‘zgarish yuz bergan. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori Diyor Imomxo‘jayev o‘z Telegram-kanalida xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yil davomida klubni Vazirlar Kengashi moliyalashtirgan. Endilikda xususiy investorlar bu yukni tortishga urinib ko‘radi. Vazirlar Kengashi esa klubni stadion va shunga o‘xshash masalalarda qo‘llashga harakat qiladi.

“Shunday qilib O‘zbekistonda xususiy sektor tomonidan moliyalashtirilayotgan klublar soni yana 1 taga ortdi deyish mumkin”, deya yozadi Diyor Imomxo‘jayev o‘z Telegram-kanalida.

“Aral samali” jamoasining ta’sischilari qaysi xususiy investorlar ekani hozircha ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Qoraqalpog‘iston futbol assotsiatsiyasi huzurida «Aral» klubi tashkil qilingandi.

Bundan oldin «Aral samali»da yangi rahbar ish boshladi. Jamoaga xorijdan yangi murabbiylar kelishi ma’lum qilingandi.