Farğonaning qadim maskanlaridan biri bölgan Rişton tumani markazida aholi 7 asrdan buyon asrab, ardoqlab kelayotgan tut daraxtlari bor.
Ayni paytda bozor hududi içida qolgan, 1340 yili ekilgan mazkur “bobokalon tutlar”ni aholi bundan uç yil oldin hokimiyat tomonidan kesib ketilişining oldini olgan edi. Öşanda Kun.uz muxbirlari mazkur tutlar taqdiri haqida maqola tayyorlagandi.
Yetti yuz yildan beri yaşab kelayotgan tut daraxtlarni asrab qoliş uçun ularning tanasiga: “Qöqon kandagi”. 1340 yilda ekilgan. Daraxt tarixiy yodgorlik sifatida davlat muhofazasida”, degan lavhalar ilingan.

Afsuski, bugun Rişton tumanidan bir neça fuqaro aynan mana şu tutlar yana xavf ostida qolganini bildirib murojaat qildi.
Rişton Markaziy dehqon bozori hududidagi tarixiy obidaga aylangan tut daraxtlari yonida ikki qavatli savdo dökoni qurilişi boşlanibdi. Iş boşlagan quruvçilar poydevorni kavlaşi oqibatida tut daraxtlarining bir tomondagi tomirlari kesilgan. Aholi vakillari bergan ma’lumotga köra, tuman ekologlari kelib quriliş egasidan quriliş uçun qaror va boşqa hujjatlarini söraşganida ular hujjatlarni taqdim qila olişmagan.
Biz Rişton tuman ekologiya bölimi inspektori Sarvarbek Muqimov bilan boğlandik.
“Haqiqatda biz bugun Rişton dehqon bozorida böldik. Tadbirkor bozor içidagi tut daraxtlariga zarar yetadigan darajada yaqin joyda quriliş işlarini boşlabdi. Tut daraxtlarining tomirlari şikastlangan.

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 43-sonli qaroriga asosan, daraxt yuz yoşdan oşgaç, yodgorlik sifatida muhofazaga olinadi. Mazkur daraxtlar ham davlat muhofazasida. Quriliş qilayotgan tadbirkor menga qurilişning loyihalarini körsatdi. Men undan tuman hokimining qarori va ekologiya xulosasini söradim. Tadbirkor men talab qilgan hujjatlarni taqdim qilmadi”, – deydi Sarvarbek Muqimov.
Riştonliklar agar savdo dökoni qurilişi davom etsa, tarixiy yodgorlik bölgan tutlar nobud bölişidan xavotirda.
Darhaqiqat, tarix silsilalariga guvoh 700 yillik tut daraxtlari xavf ostida. Qarangki, tarix, ma’naviyat, madaniyatimizning bir bölagi bölgan daraxtlar nobud böliş arafasida. Çet el safarlarida bölganimizda mana şunday daraxtlar atrofiga gullar ekilib, çiroyli holatga keltirilganining guvohi bölamiz. Riştondagi “bobokalon tutlar” esa axlatlar içida qolgan.
Umid qilamizki, tuman hokimligi, jamoatçilik, ekologlar mazkur daraxtlarni öz himoyasiga oladi.
Elmurod Ermatov,
Kun.uz muxbiri











